Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganishning dolzarb holati va uning istiqbollari

Bugun xorijiy tillarni o’rganishni bundan 15 yil oldingiga qaraganda ertaroq boshlash dunyo bo’ylab an'ana tusiga kirib borayotganini kuzatish mumkin. Xorijiy tillarni erta yoshdan o’qitishni tizimli va o’quv muassasalariaro rejalashtirish, uni Curricula („curricula“ – o’quv dasturlari – tarjimon izohi) asosida amalga oshirishni ta’minlash va buning uchun kеrakli mutaxassislarni tayyorlash yo’lidagi olib borilayotgan sa'yi-harakatlar hamma joyda kuzatilmoqda.

Milliy va xalqaro miqyosda o’tkazilgan tadqiqotlar yosh bolalar uchun mo’ljallangan chet tili darslari kutilgan natijalarni berishi mumkinligini isbotlamoqda. Bolalar yangi tilni katta qiziqish bilan o’rganadilar.

Ularga yetarlicha sharoit yaratib berilsa, boshlang’ich kommunikativ kompetentsiya va lingvistik ongni rivojlantiradilar. Bu yutuqlarga erishish esa til siyosati, pedagogika hamda xorijiy tillar didaktikasi bilan aloqador shart-sharoitlarga bog’liqligi barchaga ma'lum, biroq ko’p joylarda bularga hamon yetarlicha e'tibor qaratilmayapti.
Nürnberger Empfehlungen zum frühen Fremdsprachenlernen

    Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganish

    O’qituvchilar uchun material va ko‘rsatmalar