Tashhis, bilim darajasini aniqlash va baholash

Bolalarning ta'lim olish jarayonida mas'uliyatli qatnashmoqchi bo’lgan tarbiyachi va o’qituvchilar uchun erta yoshda chet tillarini o’rganishdagi o’quv jarayonini kuzatib borish, hujjatlashtirish va uzviy tahlil qilib borish muhim hisoblanadi. Shu tarzda ular har bir boladagi o’zgacha moyillik va qiziqishni bilib oladilar va ularga maqsadli yordam bera oladilar. Biroq, chet tillarini o’rganishni asta-sekin o’zlari boshqara olishlari va undan o’z maqsadlari yo’lida foydalanishlari uchun ota-onalar ham, avvalambor, bolalarning o’zlari ham chet tili bilan imkon qadar ongli ravishda shug’ullanishlari lozim.  ...
Tavsiyalar:
  • Erta yoshda chet tillarni o’rganishda o’quvchilarning yutuqlarini asosan o’quv jarayonidan kelib chiqib kuzatish kerak. Butun e'tiborni o’quv natijalariga qaratishga yo’l qo’ymaslik lozim.
  • Har bir baholash jarayoni sinchkovlik bilan, uzoq muddatda rejalashtirilgan holda olib borilishi kerak.
  • Portfolio o’quvchining bilim darajasini aniqlashning qulay vositasi sifatida taklif etiladi. O’quvchining til o’rganish biografiyasidagi uzviylikni ko’rsatish uchun portfolioni bolalar bog’chasidan boshlab va undan so’ng boshlang’ich maktabdan yuqori sinflargacha yuritish tavsiya qilinadi.
Nürnberger Empfehlungen zum frühen Fremdsprachenlernen

    Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganish

    O’qituvchilar uchun material va ko‘rsatmalar