Lingvist tarbiyachilar va chet tili o’qituvchilari

Kichik yoshdagi bolalarga chet tilini o’rgatishda asosiy vazifa tarbiyachilar va o’qituvchilar zimmasiga tushadi. Ular bola uchun ota-ona singari eng muhim kishilar bo’lib, ta'lim muassasalarida kerakli muhitni yaratish va bolalarga xos hayot tarzini shakllanishida muhim rol o’ynaydilar. Tarbiyachi yoki o’qituvchi ko’p tomonlama va o’ta maxsus talablarga qanchalik malakali yondashsa, bolalarning til o’rganish jarayoni shunchalik muvaffaqiyatli amalga oshadi.  ...
Tavsiyalar:
  • Tarbiyachi va o’qituvchilar o’rgatilayotgan tilning o’quvchi yoshiga mos shakllarini, albatta bilishlari shart.
  • Darsdagi muhim mavzu haqida mazmunan o’rinli, xilma-xil so’z va iboralardan foydalanib, to’g’ri va tuyg’ulardan me’yorida foydalanib muloqot qila olish uchun so’z boyligi yetarli bo’lishi lozim.
  • Tarbiyachi va o’qituvchilar o’z bilimlarini muntazam va faol rivojlantirishlari va kerak bo’lsa o’zlari malaka oshirish kurslarini o’tkazish tashabbusi bilan chiqishlari lozim.
  • Tarbiyachi va o’qituvchilar ta'lim jarayonida ishtirok etadigan bolalar bog’chasi, boshlang’ich maktab kabi o’quv muassasalaridan tashqaridagi barcha hamkorlarini ham nazarda tutgan holda erta yoshda chet tillarini o’rgatish sohasidagi tutgan mihim o’riinlari va o’z vazifalarini tahlil qilishlari lozim.
  • Tarbiyachi va o’qituvchilar ota-onalar bilan hamkorlik yo’llarini izlashlari, uni qo’llab-quvvatlashlari hamda ota-onalarni o’qitish jarayoniga jalb etishlari lozim.
  • Tarbiyachi va o’qituvchilar o’z kasblarini rivojlantirish va uning obro’sini ulug’lash uchun mas'uldirlar, ular kasbiy manfaatlari yo’lida erta yoshda chet tillarini o’rganishning maqomi va ommaviyligini qo’llab-quvvatlashlari lozim.

Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganish

O’qituvchilar uchun material va ko‘rsatmalar