Bir o’q’uv maskanidan boshqasiga o’tish

Erta yoshda chet tillarini o’rganishning davomiyligini ta'minlashda bolalar bog’chasi, tayyorlov maktablari yoki boshlang’ich maktablar o’rtasidagi uzuq bog’liqlik ko’pincha muammoli hisoblanadi.

Turli ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonining uzluksizligini joriy qilishning muhim vositasi - bu muassasalar o’rtasida xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha kurrikulalarni (o’quv dasturlarini – tarjimon izohi) o’zaro kelishib olishdir. Bolalarning chet tilidan egallagan bilimlarini oqilona davom ettirish hamda takrorlanishlarni oldini olish maqsadida boshlang’ich maktab o’qituvchilari lingvist tarbiyachilar bilan birgalikda kelgusi ta'lim mazmuni va bu jarayonda qilinadigan aniq ishlar tartibi to’g’risida ma'lumotga ega bo’lishlari talab etiladi. Soha mutaxassislari tugallanayotgan ta'lim muassasasida bolalarni tegishli tarzda navbatdagi ta'lim bosqichiga o’tishga tayyorlashlari lozim.

Buning uchun xorijiy tillarni o’rganishning yaqqol progressi va davomiyligini ta'minlaydigan kurrukulalarni muvofiqlashtirish talab etiladi.
    Tavsiyalar:
    • Kurrikulalar (o’qishning boshlanish vaqti, xorijiy tillarni tanlash, ularning soni va o’rganish ketma-ketligi, bitiruv bosqichi talablari) bir-biriga aniq muvofiqlashtirilishi lozim. Erta yoshda xorijiy tillarni o’rgatish bilan bog’liq ta'lim jarayoni uchun umumiy yagona nazariy asos bo’lishi zarur.
    • Ba'zi mamlakatlarda kuzatilayotgani kabi tarbiyachi va o’qituvchilarni loaqal ma'lum bir muddat davomida universitetda birgalikda ta'lim olishlari muvofiqlashtirilgan ta'lim tizimini rivojlantirishiga xizmat qilgan bo’lardi.
    • Uzluksiz ta'lim jarayonini ta'minlash maqsadida ta'lim bosqichlariga o’tish o’quv muassasalari tomonidan kelajakni ko’zlagan holda navbatdagi ta'lim maskanlari bilan o’zaro kelishuv asosida rejalashtirilishi lozim.
    • Maktab ta'limidagi barcha bosqichlarni qamrab olgan materiallar yoki darsliklar ishlab chiqilishi lozim.

    Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganish

    O’qituvchilar uchun material va ko‘rsatmalar