Axborot-texnika vositalari

Axborot-texnika vositalari (ATV) bugungi kunda bolalar olamiga hamohang ruhda kirib kelmoqda. Tadqiqotlarga ko’ra, televizor Germaniyada audiotasmalar va rasmli kitoblardan. ancha oldingi o’rinlarni egallagan eng sevimli va eng ko’p foydalaniladigan axborot-texnika vositasi sanalar ekan . ATV bolalar olamining ajralmas qismidir va ular bilan bog’liq hodisalarni anglash bolalarning yoshligida shakllanadigan bilimlarining muhim qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham, ATVga oid tanqidiy munozaralarga qaramay ATV bolaning yoshligidagi ta'lim va tarbiya olishida muhim rol o’ynashi lozim. ...
Tavsiyalar:
  • An'anaviy hamda yangi axborot-texnika vositalari (ATV) erta yoshda chet tillarini o’rganishning maqsadi, mazmuni va metodik-didaktik tamoyillariga asoslangan holda tanlanishi va qo’llanilishi lozim.
  • ATV turidan qat'iy nazar o’z me'yorida va puxta o’ylangan holda qo’llanilishi shart. Ular o’quv jarayoniga yordam berishi, uni boyitishi kerak, ammo darsning maqsadiga aylanmasligi shart.
  • ATVdan foydalanish til o’rganish jarayoniga, axborot vositalardan foydalanishni tarbiyalashga va bolaning bu boradagi qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Bolalar axborot vositalardan foydalanishni bir tomondan yaxshi bilib olishlari, boshqa tomondan esa o’zlari uchun muayyan texnik vosita foydali ekanligini baholay olishni o’rganishlari uchun ulardagi texnik vositalardan foydalanish tajribasi tarbiyachilar va o’qituvchilarning kuzatuvi ostida shakllanishi lozim.
  • Bolalar ATVdan foydalanish tajribasidan kelib chiqib o’quv jarayonida qo’llaydigan elementlarni (bunda ular ko’rgan rollariga taqlid qilib o’ynaydilar, ko’rganlarini qayta ishlash uchun izlanadilar, boshqa bolalar bilan televizion dasturlar to’g’risida fikr almashadilar v.h. ) tarbiyachilar va o’qituvchilar bilib olishlari, ularga asoslanishlari va ushbulardan bolaning o’qish jarayonini yaxshiroq tushunishda foydalanishlari kerak.
  • Bolalar o’zlari ishlashni yoqtirishadi, ATVdan foydalanish paytida ularga hohishlariga ko’ra faol bir rolni berib ko’maklashish lozim.

    Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganish

    O’qituvchilar uchun material va ko‘rsatmalar