Erta yoshda chet tillarini o’rganish va uning umumiy shartlari

Bolaning chet tillarini o’rganishi ularga har tomonlama yaratilgan shart-sharoitlarga bog’liq, bu haqda ushbu bo’limda batafsil to’xtalib o’tiladi. Bola ilg’amaydigan omillar yoki muassasalar (masalan: maktab rahbariyati, idora va uyushmalar) bilan bir qatorda bolaning yaqin atrofidagi kishilari, ota-ona va oila a’zolari, tarbiyachi va o’qituvchilar ham unga ta'sir etadilar.

Ta'lim rejalari to’g’risidagi kompetentsiya profillari va ular bilan bog’liq ta'lim mazmuni bolalar bog’chasidan boshlab belgilab beriladi. Darslarda qo’llaniladigan metodlar va texnik vositalar ham o’quvchining yaxshi o’zlashtirishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Turli test va baholash usullari o’quv jarayonida boshidanoq qo’llab boriladi.

Bolani o’rab turgan shart-sharoitlarga aloqador omillar tarmog’i to’g’risidagi tassavvur kichik yoshda chet tilini o’rganish jarayoniga bo’ladigan ta'sirlarning nechog’li keng qamrovli ekanini namoyon qilishi lozim. Chet tilini o’qitishda asosiy e’tibor doimo shaxsiy imkoniyatlari doirasida chet tili bilimlarini rivojlantirib boradigan bolaga qaratiladi.
Nürnberger Empfehlungen zum frühen Fremdsprachenlernen

    Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganish

    O’qituvchilar uchun material va ko‘rsatmalar