Bolaning ta’lim olish muhitiga ta’sir etuvchi yangi omillar

Bolalar bugun axborot vositalari orqali o’ta tarmoqlashgan muhitda ulg’aymoqdalar. Kechayotgan global jarayonlar va yangi axborot texnologiyalari bolalarda ham tilga bo’lgan munosabatning o’zgarishiga olib kelmoqda. Hattoki, kichkina bolalarning kundalik hayoti ham ko’p joylarda axborot vositalari hamda ko’p madaniyatlilik va ko’p tillilik ta'siri ostida kechmoqda. Biz yashayotgan dunyoning madaniy jihatdan ko’p qirraliligi va tillarining turli-tumanligi nafaqat bolalar bog’chalari va maktabda, balki undan ham oldin oila va bolaning bevosita atrof-muhitidagi munosabatlarida namoyon bo’ladi.

Bugungi kunda bolalar ko’p tillilikka ko’proq oddiy hol deb qaramoqdalar va tillarni o’rganish foydali ekanligini tushunib etmoqdalar.

Yevropa Ittifoqi Yevropada o’zaro tushunishni yengillashtirish hamda til va madaniy jihatdan rang-baranglikni saqlab qolish maqsadida o’z fuqarolaridan ona tili bilan bir qatorda boshqa tillar bo’yicha ham bilimlarni egallashlarini talab qilmoqda. Mazkur talabni bajarilish uchun Yevropa Ittifoqidagi barcha o’quvchilarga majburiy maktab ta'lim vaqtidayoq kamida ikkita zamonaviy xorijiy tillarni o’rganish. imkoniyati yaratilishi lozim deb belgilandi. Shu asnoda Yevropa Ittifoqining ko’plab mamlakatlarida xorijiy tillarni o’rganish boshlang’ich sinflar uchun majburiy fanga aylantirildi.

Tavsiya:

Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganish jarayonida doimo shuni inobatga olish lozimki, ta'limga ta'sir etuvchi hududiy va mahalliy xususiyatlardan qat'iy nazar bolalar ularni o’rab turgan muhitga va individual rivojlanganlik darajasiga mos ravishda fikr yuritadilar va o’rganadilar.
Nürnberger Empfehlungen zum frühen Fremdsprachenlernen

    Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganish

    O’qituvchilar uchun material va ko‘rsatmalar