Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganishga doir Nyurnberg tavsiyalari

imageDes!gn, Astrid Sitz
1996 yili Gyote-Instituti huzurida tashkil etilgan Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganishga doir Nyurnberg tavsiyalari kichik yoshda xorijiy tillarni o’rganish sohasida imkon qadar yagona Curriulum (o’quv dasturi) poydevorini yaratishga ko’maklashish maqsadida dunyoning yigirma ikki mamlakatidan ishtirok etgan bir qator ekspertlar hamkorligida ishlab chiqildi.

Mana bugun, oradan o’n yildan ko’proq vaqt o’tgan bo’lsa hamki, Nyurnberg tavsiyalarida keltirilgan mulohazalar asosan o’z kuchini saqlab kelmoqda. Biroq, shunga qaramasdan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar, texnologik taraqqiyot hamda u bilan bog’liq bolalarning axborot vositalaridan foydalanish borasidagi ko’p qirrali tajribalari, orzulari erta yoshda ta'lim olish jarayoniga o’z ta'sirini ko’rsatadi. Bolaning o’quv jarayoniga munosabati to’q’risidagi ta’lim olish psixologiyasiga oid ma'lumotlar ham xorijiy tillarni o’rganishning dastlabki yillarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Qo’lingizdagi ushbu yangi tahrirdagi Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganishga doir Nyurnberg tavsiyalari kichik yoshda xorijiy tillarni o’rganish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar majmuini zamonaviy nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda yoritib beradi, unda to’rt yoshdan o’n yoshgacha ta'lim olayotgan bolalarning salohiyat va ehtiyojlari aniq tavsiflab beriladi. Bunda xorijiy tillarni o’rganishni kichik yoshdan boshlash masalasiga ma'lum bir ta'lim tizimi, hatto ma'lum bir muassasaning nuqtai nazaridan emas, balki imkon qadar umume’tirof etilgan nuqtai nazardan qaralishi talab etiladi.

Mazkur to’plam yosh bolalarga xorijiy tillarni o’rgatish sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarga, qaror qabul qiluvchi mas'ul shaxslarga, maktab rahbarlari, malaka oshirish sohasida xizmat qilib kelayotgan murabbiylar, o’qituvchilar hamda ushbu kasb bo’sag’asida turgan yosh mutaxassislarga, shuningdek talabalarga mo’ljallangan. U shuningdek, ota-onalar hamda bolalarning ta'lim olish jarayoniga bevosita ishtirok etmaydigan, biroq ularning rivojlanishiga muhim ta'sir ko’rsatadigan ishtirokchilarga ham mo’ljallangan.

Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganish

O’qituvchilar uchun material va ko‘rsatmalar