Lesereise Jan Wagner

Jan Wagner © Goethe-Institut

 

Jan Wagner ist einer der bekanntesten Literaturübersetzer weltweit  und wird als berühmtester deutschsprachiger Dichter der Gegenwart gefeiert. Er wurde 1971 in Hamburg geboren, lebt heute in Berlin und arbeitet u.a. als  Literaturkritiker und Übersetzer für englischsprachige Lyrik. Neben diversen Gedichtbänden von internationalem Renommee– unter anderem Probebohrung im Himmel (2001), Achtzehn Pasteten (2007), Australien (2010, alle Berlin Verlag), Regentonnenvariationen (2014) und Selbstporträt mit Bienenschwarm.

Ausgewählte Gedichte 2001-2015 (2016) – sowie den Essaysammlungen Die Sandale des Propheten. Beiläufige Prosa (Berlin Verlag 2011) und Der verschlossene Raum. Beiläufige Prosa (Hanser Berlin 2017) veröffentlichte er mit Björn Kuhligk die Anthologien Lyrik von Jetzt (2003) und Lyrik von Jetzt zwei (2008) sowie das Buch Der Wald im Zimmer (2007). Gemeinsam mit Federico Italiano publizierte er die umfassende Anthologie europäischer Gegenwartspoesie Grand Tour. Reisen durch die junge Lyrik Europas (Hanser 2019).

Vielfach ausgezeichnet, u.a. mit dem Preis der Leipziger Buchmesse, dem Georg -Büchner-Preis und dem Zhongkun Poetryprize der Universität Peking, bereist der Lyriker die Welt – und nun auch Usbekistan. In Taschkent, Buchara und Samarkand wird er persönlich eine Auswahl seiner Gedichte lesen. Außerdem werden Übersetzungen der Gedichte ins Usbekische und russischsprachige Lyrik aus seiner/der „Grand Tour Europa“ zu erleben sein. Was können Gedichte uns heute erzählen? Wozu braucht man im 21. Jahrhundert überhaupt noch Lyrik?

Jan Wagner hat Antworten auf genau diese Fragen, denn für ihn bedeutet Dichtung „Magie zweiter Ordnung“.
 
Treffen Sie Jan Wagner persönlich auf seiner Reise durch Usbekistan!

TERMINE

04. April - Taschkent
05. April - Buchara
07. April - Samarkand

She'riyat shaydolariga tarjimonlardan yana bir tuhfa: Yan Vagner o‘zbek tilida

 

O‘zbekistondagi Gyote-Instituti tashabbusi bilan badiiy tarjima masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Seminarda ishtirok etgan yosh tarjimonlar zamonaviy nemis she'riyatining zabardast vakili, Byuxner adabiy mukofoti sovrindori Yan Vagner ijodidan namunalarni o‘zbek tiliga tarjima qildilar va tarjima jarayonida yuzaga kelgan qiyinchiliklar va muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

Ma'lumot uchun: Yan Vagner 1971 yilda Germaniyaning Hamburg shahrida tug‘ilgan. Dastlab Hamburg Universiteti, keyinchalik Irlandiyada Dublin Universitetlarida tahsil olgan. Ayni paytda oilasi bilan Berlin shahrida istiqomat qiladi. Vagner sanoqsiz mukofotlar sovrindori. Nemis adabiyotiga qo‘shgan hissasi uchun 2017 yilda Georg Byuxner mukofoti bilan taqdirlangan.

Tarjima san'atining ahamiyati, uning adabiyotlar o‘rtasida madaniy ko‘prik sifatida tutgan o‘rni haqida ko‘p gapirish mumkin.
"Aslida, she'riy tarjimadan kuzatiladigan maqsad bir tilda yaratilgan nazmiy obidani boshqa til vositalari bilan qayta yaratishdan iborat. Basharti, tarjimada asl nusxaning barcha zohiriy belgilariga rioya qilingan: vazn, qofiya, radif, alliteratsiya va hokazolar "aynan" saqlangan, hamma narsa "o‘z joyida" bo‘lsa-yu, boshqa tilda asarning botiniy go‘zalligi: estetik qiymati, ma'nosi, shirasi, ta'sirchanligi yo‘qolsa, bunday tarjima originalga ekvivalent bo‘la olmaydi" degan edilar tarjimashunos olim, ustozimiz G‘aybulla Salomov.

Seminarga rahbarlik qilgan shoira va tarjimon Hafiza Qo‘chqorova mutarjim uchun muhim bo‘lgan xislatlardan biri uning o‘zi tarjima qilayotgan asar muallifiga hamohang bo‘lishi, tarjima jarayonida shoiringiz yoki adibingiz bilan xayolan birga yashashingiz, uning hislarini o‘zingizga ko‘chira olishingiz lozim, deb hisoblaydi.
Yan Vagnerning nega aynan atrofimizni o‘rab turgan, kundalik va ko‘z ilg‘amas narsalar haqida she'r yozishi haqidagi savollarga seminar rahbarining javobi quyidagicha: “Umuman olganda, adabiyot sharqda odamlarni eng avvalo adab, odobli, tarbiyali bo‘lishga xizmat qilsa, g‘arbda kengroq ma'noda mantiqiy mushohada qilishga chorlovchi go‘zal vositadir”. She'rlar turli tarjimonlar talqinida turli ohang va mazmun kasb etadi. Quyida mushohada uchun Sizga bir necha tarjimonlarning mehnati mevalarini taqdim etamiz:

Men, Ma'dieva Adiba Dovudovna, O‘zDJTU nemis tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisiman.


OSHUFTA
 
Oshuftadir- bisyor e'tibor,
Shuning-chun nomida orzulari bor.
Oq g‘unchalar shunchalar urmoqdalar nish
Shohona tush kabi ul- jozibador.
 
Qaytadi guyoki gunohi azim,
Mudom o‘z asrorin nomasin yo‘llar.
Qaydadir toki yana oq yangilanar-
Tun aro ostida  dala-maysalar.
 
Olchaga- oshufta, shag‘al toshlar-la,
Shovqini yo‘q guyo ko‘pik-pufak-la
Tomlarning ortida bo‘y ko‘rsatadi.
 
Namoyondir, bo‘lgunicha bo‘yi baland oshufta,
Beg‘ubor borliq aro, bog‘ aro bu oshufta
Bo‘y taratar, ham hazm etar faqat oshufta.
 
 
 
MITTI HASHORATLAR SARI (NAZAR)
 
O‘zni ozod etib gazetdan,
Go‘yo bir bor bo‘lganidek jam
Havoda tek turgandek harflar...
 
Havoda jam bo‘lib turarlar,
Emaski, nochor, nokor muzalar
Yetaklab bor noxush xabarlar.
 
Tovushlari quloqda: uchar tulporlar
Tug‘ilmish tugagan shamdan-da, ular-
Go‘yo tutunidan bo‘lgan tolalar.
 
Biror so‘z aytmoqlik- oson shunchalar
Bo‘lar paydo go‘yo sharpalar
Balki o‘zga dunyodan ular.
 
Xirom aylar, biz tomon otilganlar
Tamanno etadi, qalamdan nafis
Jismu-joni-  mitti sfinks.
 
Rozetta toshi.... u toshdan bo‘lak.
 
 
 
MOZIYDAN NISHONA. ONESILOS (Gerodot V, 114)
 
 
Qal'a peshtoqida turgan boshchanoq
G‘uv- g‘uvin boshlaydi nur tushgan zahot.
Sarosima, hayrat ko‘rinish hamon
Aks etar aft joylashgan tomon.
 
Mehnat qilayotir ortida : mohir
Mexaniklar chanoq ichida.
Zar tishli g‘ildirak -la bolarilar
Chirmashib ketganlar. Geranlar
 
Lolalar, piyozgul hamda ko‘knori
Parcha -parcha bo‘lib qaytadi bari
Bo‘sh g‘orlar sari, bolari ko‘zlari
Chanog‘ida chayqala boshlagan sari.
 
Yosh avlodga ne, gadomi, shohmi,
Uni kim, deb atashar edi asli.
Oftob taftin olgan g‘ishtlar orqali
Tirmashib chiqishar tepaga; Asal
 
Qo‘llarga yopishgan: u fikr qildi,
Bolarilar raqsi – musibatli xat.
U hayot davrida yerga boy edi,
Endi- chi, boshida- butun bir davlat.
 
 
CHOY QOPCHA
 
Turibdi  chulg‘anib
Qopcha ichida.
Go‘yo jimit zohid
O‘z hujrasida.
 
O‘zga emas, chilvir ip
turar tepada.Biz-chi...
beramiz bir muddat
o‘z ixtiyoriga.
Asem Sarsenbaeva, Berdax nomidagi Karakalpak Davlat Universiteti 3 kurs talabasi.


GIERSCH


Bahosini beringlar uni:
Nomi istak emish, shu bois
Iffat ila koʻkka boʻy choʻzgan
Guldek, emish xavas har kimga
Eski gunoh misol kelarmish qaytib,
Yoʻllaydi u sirli xabarin
To qayta oq koʻrinsa qorongʻu  ichra dalada...
Koʻrinadi, garaj ortida
Qarsillaydi olcha va qayta
Ohista, koʻpikdek
Koʻrinadi gul...
Yuqoriga boʻy choʻzadi u
Butun bogʻni egallaydi u
Barchasiga udir hukmron...


MIX
 
Devor oʻrtasida turardi zoʻrgʻa
Bogʻlar, dalalarni egallaydi u
Oʻtib ketar  lavlagizor,
tovuq kataklardan ham
Barchasida u hozir-u nozir
Shlyapami, kurtkami ildik,
soʻyabon, paltoyu , suratlarni ham
 
Solmasmiz balki unga hatto bir nazar.
Qayda borsada, yana u tayyor,
Shahar, uylar, koʻchalarda ham.
Yaraqlaydi sharq va gʻarb uzra
Qorungʻuda yoʻlni yoritar balki
Komakchimi yoki katta dengizda….


PASHSHA HAQIDA
 
Goʻyo gazetaning varaqlaridan
Barcha harflar birdan sochildi, uchdi
Va toʻdadek havoda turdi
 
Va toʻdadek havoda turdi
Yomon xabarlarni yetkazadilar
Yoʻq edi oʻsha ilhom parilari, tinch edi ular
 
Sham oʻchdiyu, tutun izin qoldirdi,
Faqat shu payt oʻzicha
Quloqqa ilhom shivirlab qoydi
 
Shunchalar osonki bu, til ojizdir aytmoqqa
Oʻzga olamdan tushgan soʻya misol
Paydo boʻldi u…
 
U raqsga tushmoq bolsa
Qalam bilan chizilgandan nozikroq
Oyoq- qoʻllar, mitti sfinks tanasi,
Rozetta toshi, toshi yoʻq biroq.


ARGʻIMCHOQDA

qiynalgandim, oʻyga koʻmildim
koʻzlarimni yumdim men soʻngra
Oʻylarim tsement qop-u , temir
zavod, fillar haqida...
loyga botgan yakorga suykalib
suzgan kitlar, anvil haqida.
Bir lahza kutdim , oʻzgarish yoʻqdir,
Shu payt faqat qichqirar
Ukki, barglar tushmoqda
Ammo oyoqlarim boʻysinmas menga,
Yerga men yetolmasman
Hayollarim meni  eltgan samoga…
 
Men Azim Ulmasov, Samarqand shahridan , Samauto QKda muhandis bo’lib ishlayman.


QUDUQ ICHIDA

Olti, yetti metr, erkin tushmoq
Men edim yana uzoqroq 
Avvalgidanda  ko`proq
Kosmonavt toshli raketasida
Turardi olisda termulgan holda
Moviy qimmatbaxo halqalar, kurinardi unga osuda.
 
Men bir bola edim usha onda
Ajriq gullar usardi favvorada
Yuksalib falakka buylarin
Tuqilgan arqonlar ustiga
Ajriqlar yelkasiga bir birlarin
Unib chiqadilar erkinlikka
 
Ba’zida qushlarning oq parvozi
Ba’zan oq qushlar etadi parvoz
Hamon asta-sekin men ham
Tanavvul qilardim shu dam
Oy ham shu on cheharsin ochib
Mikroskopga boqar sinovchan.
 
Enidigina, qungizu tosh suzlarin,
Ma’nosin, izohin urganganimda
Kelar shovqun, sarosima qichqirin yaqin
 
Men qaytarman qungiroqlar sadosiga
Qaytarman non isi va sahoyatlarga
Hamda daraxtlaring soyasidagi
Iqlim haqidagi suhbatlarga
Chuqintirish hamda fojialarga
Men bir bo’lagi bulgan sarvlahalarga
 
 
BEMINNAT DASTYOR
 
Kim ham bilibdi devorda osilgan,
Nelarga qodir mittigina mix.
Bog’lar-u dalalar, ekinzor aro,
Xizmatga shaylanar jajjigina mix.
 
Xohlagancha ishlatdik bu jonsarakni,
Ildik kurtkalarni va yo bosh kiyim,
Hattoki soyabon hamda plashni,
Toki unutdik biz uning xizmatin.
 
Balki ko’chib ketarmiz uzoqlarga,
Doim hozir bo’lar o’sha beminnat
Shahar, uy, ko’cha-yo hatto samoda.
 
Shu yosin yaltirar g’arb hamda sharqda,
Hatto zulmatda ham matonat ila,
Qadim yelkanlarni o’zi boshqarar.
Men, Hafizov G‘ayrat Abduhakimovich, O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakul'teti nemis filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisiman.
 
OYBOLDIRG’ON
 
Bahosiz sanamang oyboldirg’onni,
Ismi ham bu gulning o’ziga monand.
Ushalmas shohona orzular kabi,
Pokiza oppoq gullashin qarang.
 
Sirli xabarlarin jo’natib asta.
Mudom ortga qaytar bu gunoh, bu ayb.
Zulmatda maysayu dala oralab,
Bo’y cho’zar qaydandir topganida payt.
 
Shovqinsiz bir tomchi, ko’pik misoli,
Asta odim tashlar toshloq yer uzra.
Garaj orqasida qush uyasidek,
Gilosni bezar u samolar uzra.
 
Butun bir bog’niyu, uyning tomini,
O’rmalab, tezlikda zabt etar bu gul.
Atrofin ohista chirmashib olib,
Borliqni yamlamay yutarkan butkul.
 
Men Shaxzoda Negmatova Samarqand Davlat Chet tillari Instituti ikkinchi kurs talabasiman. Yoshim 20 da.                          
 
OQ GULLAR

Unutmaslik kerak: oq gullar,
Ulug’ istak ila tillardadirlar.
Gullaydilar ko’kka cho’zib bo’y,
Go’yo sayroqilar qilgan orzular.
 
Xuddi aybdor kabi sekin to’lg’anib,
Mavhum xabarini yoya boshlaydi.
Qorong’ulik, maysa, dala orqali,
Oq tusga kirguncha una boshlaydi.
 
O’sadilar hovlining orqasida ham,
Shovqinli shum toshlarning orasida ham,
Andisha yo hayo qilganidek jim.
 
Shiftga qadar tirmasharlar nuqsonsiz,
Bog’lar aro siljitib bir-birlarin,
O’zga mag’lub etolmas hech shubhasiz.
 
 

CHIVINNI VASF ETIB...
 
Vo ajab, go’yoki gazetadagi,
Barcha harflar jumbushga kelib,
Havoda to’planib turar muallaq.
 
Jamlanib havoda barisi,
Olib kelishgandek mash’um xabarni,
Hechbiri keraksiz quruq safsata.
 
O’y topmadim aslo vizillashidan,
Yaralganga o’xshar, najotsiz shamning,
Eng so’nngi uchqunining piligidan. 
 
Aytmay qo’ya qolay yengilligini,
”sharpami?”-degan o’y keladi ba’zan,
Balki o’zga dunyodan surgun qilingan.
 
 
Qoyil! hatto o’ynaydilar soz,
Qalam chizig’idana mittiroq, 
Sfinskning bo’lagiga mengzashdir ko’proq.
 
Rozett bitiklari jonlandimi yo.......
 
 
 
KECHINMALAR ONESILOS (Heradot V/114)
 
Qoyil!, peshtoqdagi bosh suyak,
Erta tong otgandan vizillab boshlar.
Yuz qismida bordek haliham hadik,
Yengilgina titroq sekin jonlanar.
 
Aslida jarayon shunday kechadi:
Jo’shqin qadamlar-la mexanik gala,
Asalari ishlaydi zar g’ildirak-la,
Bir-biriga tutashib ketgani holda.
 
Lola, gladiola hamda ko’knori,
Savatlarga birma-bir joylanadi.
Uni ko’rgan chanoqdagi arilar,
Zavqdan chayqaladi ko’zlari.
 
Shum bolaga esa aslo farqi yo’q,
Gado yo shohniki bu bosh chanoq.
Tursada quyosh boshlarida tik, 
O’rmalar g’ishtli devordan tetik.
 
Asal ilinjida cho’zadi qo’lin, 
Bilib oldi arining qanday o’ynashin.
Tirikligida qurdi ne ne hashamat,
Endi yashar unda butun mamlakat.
 
KECHA VA BUGUN. ONESILOS (Heradot V/114)
 
Balandda
Bosh chanoq
Qal'a boshida
Tong shu'lasi ila zuvillay boshlar
Yuz sohasi hanuz qòrquv his etib
Turgan ifodaga juda ham òxshar
 
Bu cheha ortida nozik  bir gala
Chanoq ichra tinmay zahmat chekmoqda
Asalari oltin tishlari birlan
Asal keltirarlar geran gullardan
 
Lola, qizģaldoqlar, gladioluslar
Shiralarin tomchi-tomchilab bu choq
To bòshliqlar aro mitti kòzchalar
Singib ketgunicha uyaga eltar
 
Mittivoylar uchun ahamiyatsiz
In egasin qirol yo qarolligin
Oftobning qòynida kuygan ģisht uzra
Bol tashir tirmashib shudir bilganin
 
Chanoq qismati shu, qòllarga ingan
Asalari raqsi unga  saģana
Avval u hukmron bir saltanatga
Endi boshi uning butun saltanat
 
Chivinlarga boqib
Tòsatdan barcha harflar
Gazetdan kòchgan misol
Havoda tòp bòlib ģujģon òynarlar
 
Davra qurib muallaq
Yomon xabar borini
Keltirib bemaqsad sòylarlar
 
Qòsh qanotli mahluqlar
Shaģam òchgandagidek
Xayolni har tomon tortarlar
 
Bor yòģin anglash mushkul
Ushbu kòlankalarni
Gòyo òzga olamdan otganlar
 
Qalam yòllaridanda
Nozik mitti xilqatlar
Zarralardek xirom etarlar
 
Balki rozettadan paydo bòlganlar
Arģimchoqdagi òylar
Mahkamroq òrnash, deb hayqiradilar
Men yumib kòzlarim òyga tolaman
Temir moslamalar, sementli qoplar
Fil va anker qumlar ichiga botgan
 
Ularning yonida suzar chapdast kit
Bir lahza havoda muallaq qolib
Sandonning charm pòsti haqdagi òylar,
Hech nega qaramay  yuqori bòylar
 
Pastga shònģir, richag ģichirlar bu dam
Istagimga qarshi tòkilar barglar
Yerga tekizmoqqa yetmas oyoģim
Boshim silay deydi u choq bulutlar
 
CHOY QOPCHA

I
Qopchalarga joylangan
xolos. Mõ'jaz ozuqa
Õz oshiyoniga boylangan.
II
Sirtmoģidan òzga tortolmas
Yuqori tomon. Biz-chi
Besh daqiqa unga beramiz imkon.


MIX

Devorda qoqilgan turardi zòrģa
Yòl oldi boģlaru dalalar uzra
Lavlagi poyalar, tovuq kataklar
Rediska jòyaklar qoldilar ortda
U yurgan manzillar hadsiz sarhadlar
Ust-boshimiz yechsak bir qancha paytlar
Unga ilar edik chakmon, qalpoqlar
Palto, surat gardish, va yomģirpòshlar
Uning sovuq boqqan òtkir nigohin
Deyarli unutdik qaytgunga qadar
Shahar, uy, va kòcha ģoyib daf'atan
Porlar olislarda mashriqu maģrib
Keksa dengizchilar yupanchi bòlib
U endi yòl boshlar zulmatda ģolib
Devor gul
E'tibordan qolmas devor gul
Ismi esa monand jismiga
Iboli  oq gullar chayqalar
Òxshar jilovlanmas orzuga
Aybdordek chekinar ortga
Maxfiy xabar yòllar zulmatda
Maysa dala ostidan toki
Allaqayda oq tong otguncha
Qònoq orti shoxalab har yon
Ģichirlagan shaģal ustida
Olchamisol devorgul unsiz
Kòpik bòlib mavj bòlib bunda
Peshtoqqacha bòy chòzib yaqqol
Nish uradi butun boģ uzra
Devor gulni mahv etolmas hech
Devor gulning òzidan òzga