Maktab o’quvchilarini kasbga yo’naltirish jarayonida IT-kasblar bilan tanishtirish
Maqsadli guruh: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 7-8-sinf o’quvchilari
Loyihani amalga oshirish muddati: 5 oy
Hududlar: Namangan, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Nukus, Urganch, Jizax, Sirdaryo viloyati
Loyiha tavsifi
IT-sanoati iqtisodiyotning eng muhim va tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo’lib, ushbu sohada bugungi kunda malakali kadrlarga ehtiyoj katta. Ko’p holatlarda yoshlar IT-sohasida qanday yo’nalishlar borligi, kelajakda ushbu sohada faoliyat yuritish uchun qanday ko‘nikma va malakalar kerak bo’lishi haqida aniq tushunchaga ega bo’lmaydilar. Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarini kasbga yo’naltirish jarayonida qo’llab quvvatlash maqsadida "VR-Profi Hub" innovatsion loyihasi ishlab chiqildi.Loyihadan ko‘zlangan maqsadlar:
- o’quvchilarga IT-sohadagi kasblar haqida ma’lumot berish;
- ularni IT-kasblar bilan, shuningdek, Germaniyadagi IT korhonalardagi ish jarayoni bilan VR ko’zoynaklar orqali yaqindan tanishtirish;
- o’quchilarga IT-sohasi mutaxassislari tomonidan o’tkaziladigan mahorat darslarida o’zlarining ilk dasturlarini, ilk mobil ilovalarini yaratishlariga ko’mak berish;
- IT-sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislar bilan muloqot tashkil etish;
Hamkorlik: Loyihani amalga oshirish uchun Gyote-Instituti O‘zbekiston hududlaridagi IT-kompaniyalar va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilishni rejalashtirgan. Loyihada shuningdek, Germaniya universitetlari vakillari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.