Urug'lar kutubxonasi

Wie funktioniert die Saatgutbibliothek © Olena Staranchuk

O‘zbekistonning Gyote institutida nafaqat g‘oyalar unib chiqadi, balki hayot ham unib chiqadi. Urug‘lar kutubxonasining tashkil etilishi tabiat, madaniyat va jamiyatni birlashtirish sari qo‘yilgan qadam bo‘ldi. Tashrif buyuruvchilar an’anaviy va mahalliy urug‘larni olishlari, o‘z uylarida yoki bog‘larida o‘simliklarni o‘stirishlari, so‘ngra yangi urug‘larni kutubxonaga qaytarishlari mumkin - bu esa resurslarning barqaror aylanishini ta’minlaydi.
 

 

Urug'lar kutubxonasi haqida 

Urug‘lar kutubxonasi shunchaki biologik xilma-xillik arxivi emas. Bu jonli muloqot maydoni bo‘lib, unda bog‘bonlar, ekologlar, rassomlar va barcha qiziquvchilar bioxilma-xillik, iqlim o’zgarishi va madaniy meros mavzularida tajriba va bilim almashishlari mumkin. Kutubxonada amaliy mashg‘ulotlar, ko‘rgazmalar va ijodiy loyihalar orqali urug‘lar tarixi, madaniyati va kelajak uchun ahamiyati ochib beriladi.
Barqaror rivojlanish va mahalliy bilimlar tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan dunyoda O’zbekistondagi Gyote-Institutining urug‘lar kutubxonasi bunga misol bo‘la oladi.
 

Bu qanday ishlaydi?

  • Shunchaki kirib keling: Hech qanday murakkab a’zolik shakllari yo‘q — tashvishlanmang! Kutubxonamiz ochiq bo‘lsa, bemalol kelib, kerakli urug‘ni olib ketishingiz mumkin.
  • Bo‘lishish bu g‘amxo‘rlikdir: Faqat kerakli miqdorda urug‘ oling va uni o‘z vaqtida qaytaring, shunda boshqa bog‘bonlar ham foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar.
  • Yashillikni asrang: Urug‘larni xazinadek asrang! Ularni yetishtirayotganda e’tibor bilan parvarish qiling, shunda ular o‘sib, ko‘payishda davom etadi.
  • Tajribaingiz bilan o'rtoqlashing: Agar urug‘lar bilan ishlash davomida qiziqarli yoki ilhomlantiruvchi biror voqea yuz bersa — bizga ayting! Biz muvaffaqiyat hikoyalarini eshitishni va foydali maslahatlar almashishni yaxshi ko‘ramiz.
  • Ishingizdan zavq oling: Eng asosiysi — Siz bu jarayondan zavq olishingiz va o‘zingizni bizning hamjamiyatda erkin his qilishingiz kerak. urug'larni eking va bog‘dorchilikdan rohatlaning!

 

Bizni kuzatib boring