Tarjimonlarni qo'llab-quvvatlash

Books on a shelf Foto: © Goethe-Institut Budapest

Adabiyot insonlar va madaniyatlarni o'zaro bog'laydi. Tarjimalar nemis tilidagi adabiyot bilanbutun dunyo bo'ylab tanishishni osonlashtiradi, shu bilan birga, madaniyatlararo muloqotni ham shakillantiradi. Tarjimon nemis adabiyotining xilma-xilligi va chuqurligini keng auditoriyaga yetkazadi va madaniyatlar o'rtasida o'zaro muloqot shakillanishiga hissa qo'shadi.

 

Gyote-Instituti nemis tilidagi zamonaviy asarlarning – badiiy adabiyotdan tortib ilmiy-ommabop kitoblar, bolalar va o'smirlar adabiyotigacha – boshqa tillarga tarjima qilinishini qo'llab-quvvatlaydi. 1974-yilda dastur tashkil etilganidan buyon bizning moliyaviy ko'maigimiz bilan 45 ta tilda 7000 dan ortiq kitob nashr etildi.


Moliyalashtirish shartlari

  • Biz nemis tilidagi asarlarni tarjima qiladigan butun dunyo bo'ylab joylashgan nashriyotlarni qo'llab-quvvatlaymiz.
  • Gyote-Instituti tarjima xarajatlarining ma'lum bir qismini qoplaydi. 
  • Ariza berish jarayoni Gyote-Institutining arizalar portali orqali onlayn tarzda ingliz yoki nemis tillarida amalga oshiriladi. 
Arizalar har yili uch marta, har safar bir oy davomida qabul qilinadi.                     
 

Tarjimonlarni qo'llab-quvvatlash dasturi

Biz zamonaviy nemis tilidagi adabiyot, no-badiiy asarlar hamda bolalar va yoshlar uchun mo'ljallangan kitoblarni xalqaro auditoriya uchun yanada qulayroq qilishni xohlaymiz. 50 yil oldin tashkil etilgan moliyalashtirish dasturimiz 45 tilda taxminan 7 000 ta kitob nashr etilishiga moliyaviy yordam ko'rsatdi.

Übersetzungsförderung 50 Jahre © Goethe-Institut © Goethe-Institut

Yosh tarjimonlar maktabi

Tajribali murabbiylar rahbarligida biz Sizga professional almashinuv, ko'nikmalaringizni rivojlantirish va boshqa iqtidorli tarjimonlar bilan muloqot qilish uchun noyob platforma taklif etamiz.

Übersetzerwerkstatt © Goethe-Institut © Goethe-Institut