Ko'rgazma
Paula Moderzon-Bekker va Vorpsvede rassomlari
"Rasmlarni chizishda tabiatga ko'p e'tibor bermaslik kerak. (...) Asosiysi, mening shaxsiy hissiyotlarim.“
Bu so‘zlar o‘z davrining eng mashhur nemis rassomlaridan biri — Paula Modersohn-Beckerga tegishli. U studiyada emas, balki bevosita tabiat qo‘ynida ijod qilish orzusini amalga oshirish uchun Vorpsvede san’at koloniyasiga ko‘chib o‘tgan edi.
Otto Modersohn, Hans am Ende, Fritz Mackensen, Fritz Overbeck va Heinrich Vogeler kabi san’atdoshlaridan farqli o‘laroq, Paula o‘ziga xos, butunlay yangi uslub yaratdi. Uning asarlari ranglarning shiddatli uyg‘unligi bilan emas, balki shakllarning sodda va ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Cho‘l va botqoqlar, o‘rmonlar va cheksiz tabiat manzaralari uning ijodida hamda Vorpsvede rassomlari asarlarida abadiy saqlanib qolgan. Aynan Paula Modersohn-Becker va uning koloniyadagi do‘stlari tufayli Vorpsvede san’at markazi sifatida mashhurlikka erishdi.
Qisqa umriga qaramay, Paula Modersohn-Becker tasviriy san’at tarixida chuqur iz qoldirdi. Uning asarlari nafaqat Bremenda, balki Germaniya tashqarisida ham keng tanilgan va qadrlanadi.
Ifa ko‘magida 2025 yilda O‘zbekistonga olib kelingan «Paula Modersohn-Becker va Vorpsvede rassomlari» ko‘rgazmasi bugungi kunga qadar Samarqand va Urganch shaharlarida namoyish etildi. Hozirda esa u O‘zbekiston hududlari bo‘ylab o‘z sayohatini davom ettirmoqda.
Amaldagi ko‘rgazmalar haqidagi ma’lumotlarni veb-saytimizdagi tadbirlar taqvimidan topishingiz mumkin.