Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

Bularning barchasi – oila! Sayyor ko'rgazma Namanganda

Bularning barchasi – oila! Namanganda
© Goethe-Institut Usbekistan

Albatta, bu o‘sha Myunxen Xalqaro Yoshlar kutubxonasi va Toshkentdagi Goethe-Instituti tomonidan tashkillashtirilayotgan “Bularning barchasi oila!” nomli sayyor kitoblar ko‘rgazmasi!

Kechagina start berilgan ko'rgazma ochilishida mezbon Namangan viloyati To´raqo'rg'on tumani Ibrat Xorijiy tillar maktabi o'quvchilari kitobga bo'lgan muhabbatlarini yashira olishmadi. Darvoqe, ushbu maktabning yaqinda „PASCH-maktablar: kelajak hamkorlari“ dasturiga kiritilgani ularning yana bir yutug'i bo'ldi.

“Bularning barchasi oila!” rasmli kitoblar ko'rgazmasi maktab direktori Zafarjon Shovriqov tomonidan ochib berildi va muxtaram mehmon Fransiya elchixonasi ta'lim hamkorligi bo'yicha mintaqaviy attashe Serj Bellini o'z tashrifi bilan barchani mamnun etdi.

Ibrat Xorijiy tillar maktabi nemis tili o'qituvchisi Dilafruz Isaqova hamda ushbu maktab 7- sinf o'quvchilari ishtirok etgan viktorina katta qiziqish bilan o'tkazildi. Viktorina g'oliblari Gyote-Instituti tomonidan sovg'alar billan taqdirlanishdi.

Ko'rgazma doirasida maktab o'quvchilari uchun tashkillashtirilgan bir-biridan qiziqarli mahorat darslari, viktorinalar, uchrashuvlar va tanlovlar bir oy mobaynida Ibrat Xorijiy tillar maktabida o'tkaziladi.

Barcha ishtirokchilar va tashkilotchilarga omad tilab, o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!!!

Gäste der Wanderausstellung
© Goethe-Institut Usbekistan