Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

Loyihaning geymifikatsiyasi

Inkubatorning 1-kubogi g’oliblariga ajratilgan 6 ta sovrin
© Goethe-Institut Usbekistan

Inkubatorning butun jarayonini qiziqarli qilish uchun inkubatordagi ishtirokning o’zi ham xuddi o’yindagiga o’xshash qilib tashkillashtirildi.  Inkubator ikkita kubokka ajratildi: videoprototiplar kubogi va o’yinlar prototipi kubogi.
Har bir bosqich o’z ramziy sovrinlariga ega bo’lib, ular butun loyiha bo’ylab ishtirokchilarni ruhlantirib turishga va raqobat muhitini his qildirishga yo’naltirilgan edi.

1-kubok – Videoprototiplar
 
Birinchi kubokning maqsadi o’yin g’oyasini video formatida yaratish bo’ldi. 15 soniyalik video o’yin jarayonini imitatsiya qilib berishi va haqiqiy o’yinning video ko’rinishini aks ettirishi kerak edi. Ushbu vazifani rezidentlarning yarmidan ko’pi – 35 ishtirokchi uddaladi.
  
Birinchi kubok sovrinlarini topshirish marosimi shahardagi karantin choralari sabab onlayn formatda o’tkazildi. Sovrinlar pochta orqali egalariga yetkazildi. Taqdirlash marosimidagi hissiyotni baribir saqlab qolish uchun biz g’oliblardan selfi-video suratga olib, o’zlari haqida qisqacha gapirib berishlarini so’radik.
 
1-kubok g’oliblarining videosi – Youtube
 

2-Kubok – O’yinlar prototiplari
 
Ikkinchi vazifa ishtirokchilardan biror bir jamoa tarkibida bo’lishni talab qilardi. Birinchi vazifani mustaqil tarzda bajarish mumkin bo’lgan bo’lsa, o’yinlar prototipini yaratish uchun ishtirokchilar tarkibida uch kishigacha bo’lgan jamoalarga birlashishlariga to’g’ri keldi: dasturchi, dizayner va o’yin dizayneri.
Natijada bizda 15 dan ortiq o’yin prototipi yuzaga keldi. Ikkinchi kubok yakuniga yetganida, karantin qoidalari biroz yumshatildi va biz Gyote Institutining kutubxonasida cheklangan miqdorda uchrashib, rezidentlarimizni shaxsan taqdirlashga muvaffaq bo’ldik.
 

Loyihaning geymifikatsiyasi © Goethe-Institut Usbekistan

​​​​​​​  
Ikkinchi kubokning g’oliblari uchun sovrinlar byudjeti ikki karraga oshirildi. Biz, shuningdek, kichik doirada qahvali tanaffus tashkillashtirib, nihoyat inkubator rezidentlari bilan yuzma-yuz gaplashishga muvaffaq bo’ldik.
 
2-kubok g’oliblarini taqdirlash marosimidan video – Youtube