Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

"GameDev Gyote 2022" doirasida mahorat darslar

GameDev Goethe 2022
© Goethe-Institut Usbekistan

Reklama kampaniyasi va GameDev Gyote inkubatoriga ro‘yxatdan o‘tish 2022-yil fevral oyida “Birinchi o‘yiningizni qanday rivojlantirish va undan qanday qilib pul ishlash mumkin?” mavzusidagi bir qator mahorat darslari bilan boshlandi.Master klasslar 20 ga yaqin Toshkent shahrida va viloyatlardagi davlat universitetlari va nodavlat o´quv muassasalarda, shuningdek Gyote institutida o‘tkazilmoqda. So´ngisi esa YouTube orqali hududlarda jonli efirda namoyish etiladi. Mahorat darslarini VR Studio asoschisi, blogger, tashabbuskor va faol tadbirkor Akmal Salixov olib boradi.

Inkubator juda ko'p odamlarni birlashtira olgan format sifatida bugungi kunda juda mashhur bo'ldi. Ushbu kursga bo‘lgan talabdan kelib chiqib, uni davom ettirish va takomillashtirishga qaror qilindi. Bugungi kunda mahalliy homiylar va mintaqadagi boshqa Gyote institutlari bilan Inkubator bo'yicha ko'plab muhokamalar olib borilmoqda. Shuningdek, Tojikiston va Qozog‘istondagi o‘yin jamoalaridan ishtirok etish uchun ko´plab so‘rovlar kelib tushgan.

Dastlabki ikki bosqichning baʼzi ishtirokchilari allaqachon oʻyin ishlab chiqaruvchi taniqli kompaniyalardan buyurtmalar olgan boʻlsa, boshqalari Toshkentdagi Gyote institutining kelgusidagi to´lov asosida rejalashtirilgan tadbirlarida qatnashish istagini bildirishdi.