Tez kirish:
To'g'ri mazmunga o'tishTo'g'ri ikkinchi darajali navigatsiyaga o'tishTo'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish
ALOQASIZ YETKAZIB BERISH XIZMATI 

Aloqasiz yetkazib berish xizmati

 

Bepul, tez va ekologik yetkazib berish xizmati! Bizning kitoblar Sizning uyingizda!
Atrof-muhitni himoya qilish va tabiiy resurslarni muxofaza qilish, shuningdek barqaror rivojlanishning 17 vazifasini qo'llab-quvvatlash maqsadida O'zbekistondagi Gyote instituti kutubxonasi kitoblarni velosipedda ekologik yetkazish xizmatini taklif qiladi.

Biz Coronavirus pandemiyasi paytida o’z kitobxonlarimiz bilan birga bo'lish va ularni nemis tilidagi kitoblar bilan ta’minlash maqsadida aloqasiz va bepul kitob yetkazib berish xizmatini yo’lga qo‘ydik.
 
Kutubxonamizning onlayn-katalogida (OPAC) Siz istalgan vaqtda nemis tilidagi kitob, film, o'yin, musiqa va materiallarini tanlashingiz va ularni o’z uyingizga etkazish uchun buyurtma berishingiz mumkin. Buning uchun, tizimdagi o’z shaxsiy kabinetingizga kiring, bir yoki bir nechta kitoblarni (5 donagacha) tanlang, xarid savatiga kerakli sarlavhalarni qo'shing va buyurtmani yuboring.
Agar Siz izlagan kitob vaqtinchalik kutubxonada bo'lmasa, biz uning o'rniga boshqa o’xshash kitobni buyurtmangizga qo'shib qo‘yamiz.
 
Buyurtmani yuborganingizgan so’ng Siz tanlagan kitoblar bir necha kun ichida Gyote-Institutning velokureri yordamida siz aytgan manzilga etkaziladi.
Yetkazish xizmati orqali olingan kitoblar muddati 1 oyni tashkil etadi va bu to’grida sizga individual xabar qilinadi.
Xodimlarimiz va kitobxonlarimiz sog'lig'ini himoya qilish maqsadida biz barcha muhim gigiena qoidalariga rioya qilamiz. Barcha kitob va materiallar etkazib berishdan oldin va qaytarilgandan keyin ehtiyotkorlik bilan dezinfektsiya qilinadi. Bizning kuryerlarimiz qo'lqop va himoya niqoblarini kiyishadi, kitob yetkazishda ijtimoiy masofani saqlash qoidalariga rioya qilishadi.
 
Shuni esda tutingki, taklif faqatgina Toshkent shahrida amal qiladi.
 
Gyote institutga kirishda kitoblarni qaytarib berish qutisi mavjud (Amir-Temur ko'chasi 42). Siz kitoblarni dushanbadan jumagacha, soat 08:30 dan 17:30ga qadar qaytarishingiz mumkin. Iltimos, kitoblarni qaytarishdan oldin ularning to’liqligini tekshirishni unutmang. Albatta, Siz kitoblarni kutubxonamiz tashrif uchun ochilganda qaytarishingiz ham mumkin (sahifamizda yangiliklarini kuzatib boring)
 
Agar Sizda kutubxonamiz a’zolik kartasi bo‘lmasa, bizning veb-sahifamizda yoki "Bibliothek des Goethe-Instituts" telegram boti orqali onlayn ro'yxatdan o'tishingiz va yetkazib berish xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Ro'yxatdan o'tish uchun ariza shaklini to‘ldiring va elektron pochta manzilingizni tasdiqlang. Biz ma’lumotingizni telefon orqali tekshiramiz va shundan so’ng, Sizga kutubxonamiz resurslaridan foydalanish uchun imkoniyat beramiz. Ro'yxatga olish jarayonini yakunlash uchun karantindan keyin kutubxonaga tashrif buyurishingiz va  shaxsingizni tasdiqlovchi guvohnomangizni olib kelishingiz talab qilinadi. Kutubxonadan ro’yxatdan o’tish va foydalanish barcha uchun bepul.

Gyote institutning yangi yetkazib berish xizmatiga oid barcha savol va takliflar bo‘yicha biz elektron pochta orqali javob beramiz Bibliothek-Taschkent@goethe.de, shuningdek quyidagi telefon orqali: +998 78 1401485 yoki +998 78 1401492.