Kutubxona
Onleihe

Raqamli Kutubxona

Onleihe orqali Siz uyingizdan turib raqamli medialar elektron kitoblar, audio fayllar va gazetalarning elektron versiyalari chegaralangan muddatga onlayn ijaraga olishingiz mumkin.

Onleihe Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida (Belarus, Qozog'iston, Rossiya, Ukraina, O'zbekiston) dagi Gyote Institutlarining onlayn kutubxonasidir. Sizga xizmat ko'rsatuvchi elektron kitoblar, audio materiallar, elektron matbuot, ya'ni internetga obuna orqali onlayn tarzda fayllarni qabul qilish imkoniyatini beradi. Kitoblarni bunday kutubxonaga qaytarishga hojat yo'q: qabul qilingan fayl belgilangan muddatdan keyin o’z-o’zidan sizning nomingizdan o’chiriladi.
Onlayn obuna sizga 24 soat, haftasiga 7 kun taqdim etiladi.
Gyote Institutning kutubxona tizimida ro'yxatdan o'tgan barcha qiziquvchilar.
Onleiheni ishlatish juda oson:

1. Mein Goethe.de saytidagi profilingizga kiring. Agar ushbu profil sizda hali yo'q bo'lsa, ro'yxatdan o'tishingiz kerak (Mein Goethe.de va Onleihe - bepul xizmatlardir).

Iltimos, diqqat qiling: Biz faqatgina nemis tilidagi mamlakatlardan tashqari foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatamiz. Ulardan birida yashasangiz, eng yaqin kutubxonangizga murojaat qiling.

2. Mein Goethe.de saytiga kirganingizdan so'ng, "Mein Onleihe" menyusini tanlang va "Register" -ni bosing. Endi Onleihe elektron materiallaridan foydalanishingiz mumkin!
Ro'yxatga olishdan oldin, qurilmangiz (kompyuter, smartfonlar, planshetlar, elektron kitoblarni o'qish uchun asbob va boshqalar) texnik talablarga javob berishiga ishonch hosil qiling. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Onleihe saytiga qarang.

Onleihe da materiallar mualliflik huquqi ostida himoyalanganligi sababli, bir qator tizimlarning hamkorlik qilishini talab qiladi. Elektron kutubxona bu jarayonlarning barchasi uchun javobgar emas. Shu bois, Onleihe axborot vositalarini barcha mavjud tizimlar va qurilmalar uchun taqdim eta olmaydi.

Muhim ko’rsatma: Amazon Kindle orqali yopiq tizimni taqdim etadi. Kindle elektron kitob egalari Onleihe dan foydalana olmaydilar.

Qo'shimcha savollaringiz bo'lsa, o'zingizning mamlakatingizdagi Gyote institutiga murojaat qiling.

Qo'shimcha ma'lumotlar:
FAQ va ko'rsatmalar
Siz ilovani bu yerda qanday ishlatish bo'yicha qadam ba qadam ko'rsatmalarni yuklab olishingiz mumkin:
 
Goethe-Institut