Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tishTo'g'ri ikkinchi darajali navigatsiyaga o'tishTo'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish
Goethe Gap - Audio & Video Podcast©Goethe-Institut Usbekistan

Gyote kutubxonasi Podkasti

 

Gyote Gap – bu bizning ko'p tilli  audio va video podkastimizdir.

Suhbatdosh mehmonlarimiz ijtimoiy sohalar, madaniyat, AT, atrof-muhit va sport kabi yo'nalishlar vakillari bo'lgan va asosan ayollardan iborat qiziqarli va muvaffaqiyatli insonlar bo'lib, ular biz bilan o'zbek, rus yoki nemis tillarida o'z shaxsiyati bo'yicha bizga qiziq bo'lgan barcha narsa haqida suhbat qilishadi. Bu – ularning faoliyati, muvaffaqiyat yo'llari, ularning g'oyalari va orzulari, gender mavzusi yoki shunchaki dolzarb mavzular bo'lishi mumkin.

Gyote Gap har oyda ikki marta efirga uzatiladi va bizning ijtimoiy tarmoqlarimizda yuklanadi.

„Goethe Gap“ endi YouTube, Yandex.music, iTunes va SoundCloud da.

Goethe Gap #1: «Biz gender masalalari haqida gapirganda erkaklar haqida unutmasligimiz kerak ...»

 


- Nima uchun gender tengligi mavzusida faqatgina ayollar haqida emas, balki erkaklar haqida ham gapirish lozim?
 - Nima uchun o’zbek oilalarida feminizm tushunchalari bo’lmasa ham, ularda general ayollar bor?
Kundalik ijtimoiy hayotimizda mavjud bo’lgan shu kabi qiziqarli va dolzarb savollarga Audio-Video-Podkastimizning ilk mehmoni – Hashar week loyihasi asoschisi Suna Park bilan o’tgan suhbatimizdan javob olasiz. Bundan tashqari Suna atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi muammolar va o’zining bu yo’nalishdagi loyihalari, o’zbek va ingliz talabalari o’rtasidagi farqlar kabi savollarga javob beradi.

 

Goethe Gap #2: «Ilm-fan ayollar va erkaklar o'rtasidagi farqni ajratmaydi ... Bular allaqachon eski stereotiplar ...»


"Mening sohamda – Axborot texnologiyalari sohasida, jins muhim ahamiyatga ega emas, asosiysi, fan oldiga qo'yilgan muammoning yechimi", -
"... bizning zamonamiz ruhida - ota-onalarimiz farzandlarini ularning ishlarida qo'llab-quvvatlashlari kerak, va bu o'g'il yoki qiz bo'lishidan qat'iy nazar ...", -
"... inson biron bir ishni qilganda, o’z faoliyatini foydasini his qiladi ... u o'zini yashayotganini, hayoti to'g'ri yo'nalishda oqayotganini his qiladi ...", -
- bu bizning keyingi qahramonimiz, 28 yoshida texnika fanlari bo'yicha doktorlik darajasiga ega bo'lgan professor, 2018 yilda "Yil ayoli" unvoniga sazovor bo'lgan va 2020 yilda "Shuhrat" mukofoti sovrindori bo'lgan Saida Beknazarovaning suhbatidan.  

GOETHE GAP #3: "Gender tenglik faqatgina tengma-tenglik degani emas, u yanada chuqur ma’noga ega…"


"Shunday vaqt bolganki, men ayol kishi bo'lganim uchungina erkaklar bilan bir qatorda ishga qabul qilishmagan" -

bu so'zlar bizning keyingi mehmonimiz, vrach-virusolog, fan doktori Dildor Seklerga tegishli. U, shuningdek, pandemiya avj olgan paytda aholiga bebaho yordam ko'rsatgan va kuniga 1000 dan ortiq savollarga javob bergan Facebook tarmog'idagi "Toshkent shifokorlari" guruhining asoschisi. Ammo bizning suhbatimiz bugun bu haqda emas ...

Biz bugungi qahramonimiz yosh va muvaffaqiyatli, uch tilda bemalol sozlasha oladigan ayol, Dildora Seklerdan O'zbekistonda ayollar huquqlari to'g'risida qanday fikirda ekanligini bilishga qaror qildik. Jamiyatimizdagi ayollar kimga va nimaga bog'liq, shifokorlar ayollarga nisbatan zo'ravonlikka duch kelganlarida qanday harakat qiladi, ayol tibbiyot xodimlariga erkaklarniki kabi teng haq to'lanadimi? Bu mavzularning barchasi bizning bugungi muhokamamiz diqqat markazida. Shuningdek, qahramonimiz, o'qishni istagan yosh qizlarga maslahat beradi va shaxsiy bilim va muvaffaqiyat sari qanday yo'l tutganini aytib beradi.