Urug'lar kutubxonasi qanday ishlaydi?

Wie funktioniert die Saatgutbibliothek © Olena Staranchuk

Urug'lar kutubxonasidan foydalanish qoidalari juda oddiy. O’qishda davom eting va loyiha ishtirokchisiga aylaning.
  • Kutubxonaga a‘zolik: Xavotir olmang, bu kutubxonaga a’zolik murakkab emas. Urug'lar kutubxonasiga keling, o’zingizga kerakli urug'larni oling.
  • Baham ko'rish - g'amxo'rlik qilish degani: O'zingizga kerak bo'lgan miqdorda urug'larni oling, eking, hosil oling va boshqalar ham ulardan foydalana olishlari uchun urug’larni kuzda qaytarib olib keling.
  • Yashillikni saqlang: urug'larni xazina kabi biling! Ularni ekishda yaxshi muhitda o'sishlari va rivojlanishlari uchun g'amxo'rlik qiling.
  • Tajribalaringiz bilan o'rtoqlashing: Agar Siz urug'lar bilan bog’liq qiziqarli holatlarni boshdan kechirsangiz, biz bilan o‘rtoqlashing! Biz urug’lar bilan bog’liq qiziqarli hikoyalarini eshitishni va tajriba almashishni hush ko'ramiz.
  • Doimo xursand bo'ling: Eng muhimi, Siz qilayotgan ishingizdan bahra olishingiz, bizning jamoamizda o'zingizni yaxshi his qilishingizdir. Xullas, urug’larni eking va yaratgan gulzoringizdan zavqlaning!

Bizni kuzatib boring