Berlin - hech qachon kulmaydigan shahar

Madaniy masalalar bo’yicha jurnalist Mratt Kyaw Thu Yangon shahridagi ish joyini Berlinga almashtirdi. Gyote-Institutining „Yirik plan“ loyihasi doirasida tashkillashtirilgan 3 haftalik safari chog’ida u Berlindagi „zenith“ jurnalida mehmon bo’ladi va Germaniya poytaxtidan o’z taassurotlari haqida xabarlar yozib turadi. 

„Qaerdansan?“
„Men Myanmadanman.“
„Uzr, qayerdan?“
„Myan-ma (mi-an-maa)“
„Urz, lekin bunaqasini bilmas ekanman. Bu mamlakatmi?“
 
Germaniyada biror kishi bilan so’rashganimda doim shu javoblarni eshitaman. Ilgari Yevropada chech bo’lmaganman, shuning uchun nemislar va ular o’zlarini qanday tutishlari haqida chech narsa bilmagan ekanman. Lekin ko’p vaqt o’tmay bir narsa ko’zimga tashlandi: nemislar juda jiddiy ekan. Xattoki ular umuman jilmayisharmikan degan savol ham paydo bo’ldi.

Har kun ertalab men Shtalhaymer va Erix Vaynert ko’chalari burchagidagi novvoyxonaga boraman, Gyote-Instituti ko’magi bilan men shu atrofda bir oy yashab turibman. Yo‘limda begonalarga duch kelib qolsam ko’z ko’zga tushganda ularga jilmayib qo’yaman. Biroq ular menga doim yotsirab qarashadi.
 
Odamlar doim shoshgan va har doim jiddiy hayollar bilan yurganday ko’rinadi. Xozir Berlinda ob-havo juda yaxshi, ya’ni jiddiy bo’lishga aslida hech qanday asos yo′q. Balki yevropalik va osiyoliklar o’rtasida katta farq aynan shu bo’lsa kerak.

„DO’STLIK UCHUN ANCHA NARSANI „SARMOYA QILISH“ KERAK“


Berlindagi xonadonimda men bilan birga yana bir kishi yashayotganligi sababli bu shaharda ko’proq do’st orttiraman deb umid qilgandim. Haqiqatan do’st orttirishga ancha harakat qildim, lekin birinchi hafta hech qanday natijaga erisholmadim. Baxtimga osiyoliklar bilan yevropaliklar uchun tashkillashtirilgan bir tadbirda bir qiz meni Myanmadan ekanligimni bilib qolib menga salom berib so’rashdi.
 
Keyin u meni bir o’tirishga taklif qildi. U yerda nihoyat meni anchadan beri o’ylantirayotgan savolimga javob oldim: nega Berlinliklar uchun do’stlik juda nihoyatda jiddiy narsa?  Bir yigit menga buni oddiy so’zlar bilan tushuntirib berdi: „Do’stlik uchun ko’p narsani „sarmoya qilish“ kerak. Ishonchni yaratish, g’amho’r va do’stona bo’lish va do’stlik uchun zarur bo’lgan yana ancha boshqa narsalarni „sarf qilish“ kerak.“  Uyga qaytayotib bir savol hayolimdan o’tar edi: men shu o’tirishda tanishib olgan odamlarni haqiqatdan ham „do‘st“ desam bo’larmikan yoki yana ancha „sarmoya qilishim“ kerakmikan.


BERLIN „VELOSIPEDBOP“ SHAHAR


Odatda men tiqilinch katta shaharlarni juda yo’qtirmayman. Hamkasblarimdan biri birinchi kuniyoq meni ogohlantirdi, bu yerda velosiped minganda ehtiyot bo’lish kerak, chunki hamma joy tiqilinch. Lekin bir haftadan keyin qarasam, Berlindagi „tiqilinch“ Yangon shahridagi „tiqilinch“ deganidan 80% kamroq ekan. Berlinda men ko’rgan eng tiqilinch joylar – bu Hermannplatz, Aleksanderplatz va Checkpoint Charlie, lekin o’shanda ham u yerlarda velosiped minishga imkon bor.
 
Berlin shahrini yaxshi ko’rishimning sabablaridan biri - „velosiped madaniyati“. Boshqa Yevropa shahrlaridagiday bu yerdagi velosiped yo’llari eng zo’r kashfiyotlar sarasiga kiradi, mening yurtimda buday yo’llar yo’q. Qolaversa, velosiped minib, ko’p asrli binolar, ko’psonli cherkovlar va ibodatxonalar oldidan o’tish betaktor his baxsh etadi. Bu shaharda bir hafta turib, Berlinliklar konservativ fikrlaydigan va „neo-modern“, ya’ni o’ta zamonaviy turmush tarzida yashaydigan odamlar ekanligini bildim.
 

„Yirik plan 2018“ loyihasi doirasida Berlinda mehmon

„Yirik plan 2018“ loyihasi doirasida Berlinda mehmon | Foto: Mratt Kyaw Thu

AQL BOVAR QILMAYDIGAN SOVG’A

Berlindagi bir kunni hech qachon esimdan chiqarmayman: O’sha kuni „BVG“ - Berlin passajir transport korxonasi - xodimlari tomonidan tramvayda tekshirildim. Chiptalar 2 soatdan keyin o’z kuchini yo’qotishini bilmagan ekanman, chiptalardan shu vaqtdan keyin ham foydalanib yurgan edim. O`sha kuni esa meni hamda repperga o’xshagan bir amerikalik yigit va Portugaliylik bir qizni BVG nazoratchilari ushlab olishdi.
 
„Men Amerikalikman. Polisiyani chaqiring!“, baland ovozda dedi repper BVG nazoratchilardan biriga, bosha nazoratchilar men va portugal qiz bilan band edi. Bundan so’ng repper yana bir savol berdi: „Bu qancha vaqt davom etadi?“, va nazoratchi unga: „2 soatcha davom etadi.“ Amerikalik „Bunaqasi ketmaydi, buncha uzoq kutolmayman“ dedi-da ketdi.
 
Portugal qiz  bilan meni esa sharhsiz nazorat qilishdi. Keyin men o’sha qiz bilan „BVG“ idorasida borib jarima to’ladim.
 
Uyimga qaytayotganimda men aql bovar qilmaydigan sovg’a oldim – Berlinda umuman birinchi marta. Chiptalar avtomati mening 2 yevro tangamni olmayotgan edi, shuning uchun notanish bir kishidan menga chipta olishda yordam berishini so’ragan edim, u meni pisand ham qilmadi. Keyin bir qizbola kelib qoldi-da menga chipta olishga yordam berdi. Bundan keyin u juda mamnun jilmaydi-da, menga oq yo’l tiladi.