Axen Shartnomasi: Nemis va Frantsuz Madaniyati Institutlarining Tashkil Etilishi "Yevropa Madaniy Loyiha Ham Demakdir"

© Ramallohdagi nemis-frantsuz madaniyat markazi
© Ramallohdagi nemis-frantsuz madaniyat markazi | © Ramallohdagi nemis-frantsuz madaniyat markazi

22 yanvar kuni Germaniya kantsleri Angela Merkel va Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Germaniya va Frantsiya o'rtasida yangi do'stlik bitimini imzoladilar. Shartnoma Erbil, Bishkek, Rio-de-Janeyro va Palermo shaharlarida nemis-frantsuz madaniyat institutlarini tashkil etishni nazarda tutadi. Gyote Instituti va Frantsiya Instituti kelajakda yaqindan hamkorlik qiladilar.

Gyote Instituti prezidenti Klaus-Dieter Lemann Germaniya va Frantsiya o'rtasidagi keng ko'lamli hamkorlikning dolzarbligini ta'kidladi: "Yevropa madaniy loyiha ham demakdir. Nemis-frantsuz madaniyat institutlari uchun siyosiy asos bo'lib xizmat qiluvchi Axen Shartnomasining imzolanishi bunga alohida urg'u beradi. Gyote Instituti va Frantsiya Instituti yorqin istiqbolni hayot bilan to'ldirajaklar, amalda harakat qilib, ularni o'zaro bog'lab turuvchi aloqalarni mustahkamlaydilar va boshqa hamkorlar uchun jozibador qiladilar. Umumiy madaniyat muassasalari erkinlik, ijodkorlik va o'zaro tushunishning mustaqil maydoni bo'lib, umumevropa madaniy makoni uchun birgalikda mas'ul bo'lish bilan bir qatorda dunyo bilan muloqotni jonlantiradilar".

Yevropaning ijobiy e'tirofi

Gyote Instituti bosh kotibi Yohan Ebert ta'kidlaganidek: "Biz Gyote Instituti tarmog'ida nemis-frantsuz institutlarini tashkil etishdan juda mamnunmiz. Mazkur siyosiy bitim Gyote Institutining so'nggi oylarda frantsiyalik hamkorlar bilan olib borgan muloqotlariga asoslangan. Bitim Yevropa miqyosidagi hamkorliklikning muhim belgisidir hamda uzoq yillik o'zaro ishonchli hamkorlik an'anasining bevosita davomi sanaladi: Ramallohdagi Frantsiya va Germaniya madaniyat institutlari, Frantsiya Instituti bilan hamkorlikdagi ko'plab hamkorlik loyihalari yohud Yevropa milliy madaniyat institutlari tarmog'idagi hamkorliklar (Yevropa Ittifoqi Milliy Madaniyat Institutlari) shular jumlasidan. Yevropa g'oyasiga muvofiq holda kelgusida boshqa yevropalik hamkorlarimiz bilan serqirra faoliyatimizni rivojlantiramiz va faol ravishda shakllantirib boramiz. Madaniyat institutlarining hamkorligi madaniy xilma-xillik Yevropani birlashtiruvchi rishta ekanligi va Yevropaning ichki va tashqi munosabatlardagi ijobiy e'tirofi uchun samarali va muvaffaqiyatli misoldir ".