O’zlikni anglashga undagan mualif...

O’zlikni anglashga undagan mualif
O’zlikni anglashga undagan mualif | © Foto Goethe-Institut

«To’g’ri sharh va noto’g’ri sharh bir biridan butunlay ajrala olmaydi»

«Bir kuni ertalab behalovat uyqudan uyg’ongan Gregor Zamza o’zining bahaybat hashoratga aylanib qolganini ko’rdi...»  Shu satirlar bilan nemis yozuvchisi Frans Kafkaning taniqli novellasi boshlanadi.

 
Yozuvchi shu kungacha 20-asr adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri deb hisoblanadi. Uning qo’rquv va zamonaviy dunyoning yuqori avtoritetlariga qarshi kurashga to’la bo’lgan asarlarini har kim ham tushuna olmas. Muallifning novella, roman va xatlari birinchi bor o’qiganda havotir va hayajonni his qildirish, ikkinchi o’qilganda esa ko’pgina savollarga javob berish qobiliyatiga ega. Ushbu asarlarda bir biriga qarama qarshi bo’lgan realizm va fantastika yo’nalishlari to’qnash keladi. Yozuvchining ijod ishlari muammolarni psihologik yechimlari va hayot hodisalarini falsafiy izoshlariga boy.

 Kafkaning ko’pgina ijod mahsullari uning o’limidan so’ng chop etilgan. Undan oldin esa atiga bir nechta kichik hajmda bo’lgan hikoyalari tarqatilgan xolos. Uning eng mashhur asarlari: «Evralish» («Превращение»), «Qo’rg’on»(«Замок»),  «Otamga hat»(«Письмо к отцу»), «Melenaga hatlar»(«Письма к Мелене»), «Ota hukmi»(«Приговор»)lardir.  

 Frans Kafkaning ishlari  O’zbekiston adabiyotining va yozuvchilarining rivojlanishida ham katta iz qoldirgan.

 Yozuvchi va adabiyotshunos Xurshid Do’stmuhammad Kafka bilan tanishuvini shunday eslaydi:

-Frans Kafka o’tgan asr 80-yillarining eng taniqli va ahamiyatga ega jahon yozuvchilaridan biri bo’lgan. O’sha davrlarda o’zbek yozuvchilari nemis yozuvchisining ijodi bilan qattiq qiziqib qolishgan edi. Rotaprint yordamida chop etilib qo’lma qo’l tarqatilgan asarlarini o’qir edik. Yozuvchining kitoblarida ishlatilgan har bir jumlani katta munozaralar bilan o’rganib chiqar edik. O’sha paytlar Kafka ijodi bilan notanish bo’lgan adiblarni ijodkor deb atab bo’lmas edi. Kafkaning asarlari shu darajada qadrlanar edi. O’zbekistonda o’sha paytlardanoq keng tarqalgan ishlari sifatida «Jazo koloniyasi», «Jarayon», «Otamga hat» hisoblanar edi.

«Evralish» hali k’p  davlatlarda tanilmay turib, o’zbek yozuvchilarini larzaga solgan edi. Ushbu novellada bosh qahramon Grigoriy Zamza o’zligini, hayotining asl mohiyatini dahshatli hashorotga aylanganidan so’ngina tushinib yetadi. Ungacha esa, Zamza muammoyu-tashvishlarn hal etish ustida bosh  qotiradi. Bu kitobni o’qib, biz – o’zbek yozuvchilari, odamzod birinchi o’rinda o’z ichki dunyosi, hohish-istaklari, rejalarini tushinib yetishi kerak degan xulosaga keldan edik. «Evralish» – laboratoriya asari. Kafkaning laboratoriyasi yordamida inson o’ylaydi, o’zligini izlaydi va o’zgaradi.  

20 – asrning 90-yillar oxirlarida, men O’zbekiston delegasiyasi bilan birga Germaniyaga yo’l oldim. Safar chog’ida, mashhur Frans Kafkaning hayoti, ijodi va qo’lyozmalari haqida ma’lumotlar qiziqtirdi. Shu masalada bergan bir nechta savollarimni tinglagan Berlin shahri myeriyasi vakili, yozuvchining O’zbekistonda tanilganligidan hayratga tushdi. Shu kechaning o’zida menga Kafkaga taaluqli barcha kitoblarni hadya sifatida taqdim etdi. Ushbu hodisa hech qachon yodimdan chiqmaydi.

Kafka o’zbek adabiyoti vakillariga nima berdi? U bizni odamlarga o’zgacha nigoh bilan boqishni, dunyo qarashni o’zgartira bilishni o’rgatdi. O’zbek xalqi uchun u yangilik kiritdi – odamzod va dunyoni noan’anaviy tarzda kuzatilishi. Uning hayotiy pozisiyalari va qarashlari hali hamon keng munozaralar sababchisidir.

Frans Kafka – asl yozuvchi. Uning asarlari oson tushinilmaydi, ammo tushinilgandan so’ng ifodalab bo’lmas huzurni bahsh etadi, - deydi adabiyotshunos.

Mualifning ko’pgina kitoblari o’zbek tiliga o’girilgan. Mashhur «Jarayon» («Процесс») va «Otamga hat» («Письмо отцу») asarlari tarjimon va drammaturg Vafo Fayzulloh tomonidan tarjima qilindi. Nashr etuvchi – «Sharq» nashriyot uyi bo’ldi. Bir yildan so’ng «Davr Press» nashriyot uyi tomonidan Kafkaning «Ota hukmi» (Приговор) kitobi tarjimasi bosmadan chiqarildi.

 Shuningdek, o’zbek tiliga «Amerika» («Америка»), «Jazo koloniyasi» («Исправительные колонии»), «Bir kurash tarihi» («Описание одной борьбы»), «Qo’rg’on» («Замок»), «Ochlik ustasi» («Художник голода») kabi asarlari ham tarjima qilingan va chop etilgan.

Shuni takidlash lozimki, nemis yozuvchisining hotirasini saqlab qolish va kitoblarini ommaga targ’ibot etish niyatida «Kafkashunoslik» maktabi tashkil etildi. Unda O’zbekistonning olim adabiyotshunoslari va tarjimonlari bo’lmish Xurshid Do’stmuhammad, Nazar Eshonqul, Mirzaali Akbarov, Muhammadjon Holbekov, Ahmad Otaboy, Erkin Ernazarov, Poshali Usmon, Vafo Fayzullohlar yig’ilgan.

O’zbekistonda ijodkorga bag’ishlangan turli hil tadbirlar o’tkazib turiladi. Masalan, Mark Vayl’ nomidagi «Ilhom» teatri Toshkentda birinchi bor Kafkaning «Qo’rg’on» romani asosida spektakl’ni taqdim etdi. Xalq yosh aktryorlarning o’yinidan ta’sirlanishdi va asar ichiga tushib qolgandek his etishdi. Bu kabi tadbirlar, yozuvchi unitilmas hotiraga egaligidan dalolat beradi.

         «Evrilish» yordamida siz ham hashoratga aylanib qolishingiz mumkin. Gyote Intitutida o’rnatilgan virtual voqeylik instalyasiyasi yordamida besh daqiqa atrofida sizning tanangiz hashorat tanasiga aylangan bo’ladi. Instalyasiya Gregoriy Zamzaning uyg’onish paytidan boshlab ishga tushiriladi. Vazifa – yopiq honadan chiqib ketish. Hashorat tanasidagi odamga tirik qolish nasib etarmikin? Oson bo’lmasligi aniq...