Faust. Matn: Kirish Monologi

Nima uchun aynan Faust?
 
Aslida, men bu haqida uzoq vaqt davomida o'ylayotgan edim va hech qanday aniq javobga kela olmadim.
 
Oddiygina aytmoqchi bo’lsam: men ertaklarga mahliyo bo’lganim uchun deb o’ylayman. Turli xil ertaklar, ajoyib hikoyalar, dahshatli afsonalar meni doim rom etardi. Faust esa – bu albatta ertakdir!
 
Xullas, ertaklar, albatta, bir nechta aqlli so'zlar bilan ongimizni boy ettiradi, ammo Faust – bu uzi nima? Nima uchun aynan hozir Faust haqida gap ketyapti? Faust – bu inson va jamiyat orasida mavjud bir arxetipidir. Bu mening ongimda mavjud bo'lgan formula edi. Gyote yaratgan Faust fojiasi haqida bayon etuvchi matnni men birinchi marta o'qiganimda 16 yoshda edim. Tarjima Pasternak qalamiga mansub edi. Shu bilan birga aytmoqchiman: bu menda faqat ertak xohishi bo’lgan edi. Gap tamom vassalom. Ya'ni, boshqa hech narsa yo'q edi. Esimda o’sha damlar, orzuim nafaqat ertakni o’qish, balki ertakning ichiga tushib u yerda yashash edi!
 
Endi esa, sahnalashtirilgan pyesamiz haqida aytib bermoqchiman.
 
Yaponiyada, XX asrning o'rtalariga kelib, uslublar qayta tiklandi – zamonaviy raqsda “Buto” kabi yo'nalish kashf qilindi. “Buto” falsafasiga shunday narsa kiradi: Buto raqsi uchun siz o'zingizning jinlaringizni o'zingizga chaqirishga va ularning yordami bilan raqsga tushishingiz kerak. Ya'ni, siz jismingizni jinlarga topshirishingiz kerak.
 
To'rt qismli Faustning birinchi qismida, aslida, men hali aytganim yo'q, lekin bizning Faustimiz to'rt qismga bo'linadi va ular bir-biridan mutlaqo farq qiladi. Xullas, to'rt qismli “Faust” deb nomlangan Faustning birinchi qismida biz bu jinlarni o'zimizga chaqirishga, ular bilan sahnada birgalikda yashashga harakat qilamiz. Insonning uziga hos vositalari mavjud: bu bizning tana, ovoz, o'ylash qobiliyati. Ulardan ham biz sahnada foydalanamiz.
 
Nima uchun biz pyesamizning birinchi sahnasiga “Faust. Matn.” deb nom qo’yganmiz? Nima uchun oddiygina “Faust” emas? Chunki men Faust mavzusi uchun albatta Gyote matnidan boshlangan edi. Bu, ehtimol, qaysarlikdir, lekin takroran aytmoqchiman: bu matn edi. Avvalo – matn, keyinchalik Gyote yaratgan ba'zi bir tasvirlar, tajribalar, ba'zi bir fikrlar. Biz bu matnni boshqa bir tarzda o’qib chiqmoqchi bo’ldik. Biz bu matnni mutlaq boshqa bir uslubda o’qib chiqqan edik. Ya’ni, inson sifatida emas, aktyorlar sifatida ham emas, balki Stanislavskiy tizimi yoki boshqa ba'zi bir texnologiyalarni qo'llash orqali o'qishni sinab ko'rish kerak.
 
Biz sahnaga qadam qo'yar ekanmiz, matnni harflardan ajratishga harakat qilamiz.  Muallifning bayon aytgan ba'zi fikrlari haqida to’la tushunchamiz bormi? Garchi men Gyotening fikrlarini ishonchli tarzda aniqlay olishim mumkinligiga ishonchim komilligiga qaramay, Kristofer Marlov yoki Lessing yozish jarayonida nima haqida o’ylaganini bilmaymiz deb o’ylayman.
 
Shunday qilib, bizning to’rtligimiz “Faust” deb ataladi. Chunki matn – bizning g'oyalarimizning asosiy qismidir. “Faust” deb nomlangan birinchi qismda sahnada kompozitsiyani tomosha qilasizlar. Uchta aktyorlarimizdan tashkil topgan guruh sizlar uchun Lessing, Gyote, Pushkin, Lenau, Kristofer Marlo va Xalq Kitobining matnlarini o’qib berishadi.
 
Bizning dargohimizga tashrif buyuringlar!