2019 yil “Gyote” medali
Haqiqat va to’qima

(chapdan o’ngga) Prezident Klaus-Diter Lemann, Vaxida Maxmudi, Enxbat Roozon va Dogan Akanli | Fotosurat: Maik Shuk
(chapdan o’ngga) Prezident Klaus-Diter Lemann, Vaxida Maxmudi, Enxbat Roozon va Dogan Akanli | Fotosurat: Maik Shuk | Photo: Maik Schuck

28 avgustda nemis-turk yozuvchisi Dogan Akanli, eronlik san’atkor va rejissyor Shirin Neshat hamda mongoliyalik noshir va siyosiy publitsist Enxbat Roozon “Gyote” medali bilan taqdirlandilar. Gyote-Instituti prezidenti Klaus-Diter Lemanning ta’kidlashicha, bu insonlarning haqgo’yliklari diqqatni jalb qilishga qaratilgan siyosiy harakatlarga emas, balki ularning mustaqilligiga asoslanadi.

“Gyote” medalini topshirishga bag’ishlangan tantanali marosim 28 avgust kuni Vaymar shahrida bo’lib o’tdi, unda taxminan 200 ta mehmon qatnashdi. Har yili Gyote-Institut Germaniya Federativ Respublikasi davlat mukofoti bilan xalqaro madaniy aloqalarning rivojiga muhim hissa qo’shgan odamlarni taqdirlaydi. Mukofotga nemis-turk yozuvchisi Dogan Akanli, eronlik san’atkor va rejissyor Shirin Neshat hamda mongoliyalik noshir va siyosiy publitsist Enxbat Roozon sazovor bo’ldilar.
Prezident Klaus-Diter Lemann kirish so’zida sovrindorlar faoliyati muhimligi haqida gapirdi | Fotosurat: Maik Shuk Prezident Klaus-Diter Lemann kirish so’zida sovrindorlar faoliyati muhimligi haqida gapirdi | Fotosurat: Maik Shuk | © Foto: Maik Schuck

Xavf-xatarlarga qaramasdan

Bu yil “Gyote” medali bilan mukofotlash “Haqiqat va to’qima” shiori ostida o’tkazildi, uni “Vaymarxalle” anjumanlar markazi kichik zalida Gyote-Instituti prezidenti Klaus-Diter Lemann va Frankfurt shahri madaniyat bo’limi boshlig’i Ina Xartvig topshirishdi. “Bu yilgi sovrindorlar Shirin Neshat, Dogan Akanli va Enxbar Roozon siymosida biz o’z asarlarida ijtimoiy voqelik ziddiyatlarini aks ettirgan kishilarni taqdirlayapmiz: ta’sir etish va mustaqil fikrlash, e’tiborsizlik va munozara qilish madaniyati, bilimsizlik va ilm olish. Ular o’zini xavf-xatar ostiga qo’yib yoki o’zi uchun salbiy oqibatlarga qaramasdan faoliyat olib bormoqda”, dedi janob Lemann kirish so’zida. Gyote-Institutning ikkinchi vitse-prezidenti Kristina von Braun mukofotlarni topshirishdan oldin qo’shimcha qilib aytdiki, sovrindorlar insonni uyg’otadigan va yangi aloqalar yaratilishiga yordam beradigan asarlari tufayli madaniyat sohasida va xalqaro almashinuvda muhim rol o’ynaydilar.
Frankfurt shahri madaniyat bo’limi boshlig’i Ina Xartvig prezident Klaus-Diter Lemann bilan birga “Gyote” medalini Enxbat Roozonga topshirmoqda | Fotosurat: Maik Shuk Frankfurt shahri madaniyat bo’limi boshlig’i Ina Xartvig prezident Klaus-Diter Lemann bilan birga “Gyote” medalini Enxbat Roozonga topshirmoqda | Fotosurat: Maik Shuk | © Foto: Maik Schuck

Tilni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash

Noshir, kitob do’konlari egasi va publitsist Enxbat Roozon jasorati hamda Mongoliyada ochiq, tandqidiy fikrlaydigan va mustaqil fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo’lida izchil sa’y-harakatlari uchun “Gyote” medaliga sazovor bo’ldi. Xususan, u o’z asarlari va noshirlik faoliyati orqali Mongoliyaning ta’lim tizimini yaxshilashga intilmoqda. “Gyote” medalini olar ekan Roozon vatanidagi muammolar va tilning muhimligiga to’xtaldi: “Afsuski, biz bugungi jamiyatimizda bir-birimiz bilan muhim mavzularda kamdan-kam gaplashamiz, tilni qo’llab-quvvatlash va uni rivojlantirishga ham yetarlicha e’tibor bermayapmiz. Lekin aynan mana shu masalalar biz kelajakda kim bo’lishimizni va nimalarga erishishimizni hamda muammolarni yecha olish qobiliyatimizni belgilaydi”.
Sovrindor Dogan Akanli | Fotosurat: Maik Shuk Sovrindor Dogan Akanli | Fotosurat: Maik Shuk | © Foto: Maik Schuck

Davlat zo’ravonligi qurbonlariga

Dogan Akanli ta’sirli nutqida minnatdorchilik bildirib, hozirgi davrda ham tuzumni tanqid qiluvchi ziyolilar jazolanishi va ularga nisbatan repressiyalar qo’llanishini eslatib o’tdi. “Men mamnuniyat ila “Gyote” medalini qabul qilaman va uni xayolan Kyoln shahridan bo’lgan qo’shiqchi va rejissyor Xozan Kane xonimga bag’ishlayman. U Turkiyada boshqa o’n minglab odamlar kabi – masalan, Axmet Altan, Osman Kavala va Selaxattin Demirtash – davlat zo’ravonligi va manmanligi qurboni bo’ldi”, deb ta’kidladi yozuvchi. Ko’p yillar davomida Dogan Akanli romanlari, esse va pyesalarida hamda siyosiy faoliyatida xalqlar hamjihatligi uchun (jumladan, armanlar, turklar va kurdlar orasida) kurashmoqda. Adabiy tanqidchi Inze Vilke maqtov nutqida quyidagi fikrni bildiradi: “Shunday qilib, u siyosiy asarlar yozmaydi, balki siyosatga nisbatan o’z fikrini bildirib yozadi. Bu adabiyotda eng yuksak, xavfli san’atlardan biri bo’lib, u bozordagi talab tendensiyalarini e’tiborga olmaydi. Bu noyob san’atdir”.
Vaxida Maxmudi Shirin Neshat nomidan “Gyote” medalini olmoqda | Fotosurat: Maik Shuk Vaxida Maxmudi Shirin Neshat nomidan “Gyote” medalini olmoqda | Fotosurat: Maik Shuk | © Foto: Maik Schuck

She’riyat bilan birlashtirib

Vaymarga kela olmagan sovrindor Shirin Neshat nomidan “Gyote” medalini uning yaqin dugonasi Vaxida Maxmudi qabul qilib oldi. Eronlik san’atkor va rejissyor Shirin Neshat filmlari, videoroliklar va fotosuratlari orqali siyosat va she’riyatni unumli tarzda birlashtira oladi. Shuni ta’kidlash lozimki, uning san’at asarlarida musulmon davlatlari ayollari mavzusi asosiy o’rin egallaydi. San’atkorga o’z ona yurtiga kirish ta’qiqlangan bo’lsa-da, u bu mavzuda ijod qilishni davom ettirmoqda. Shirin Neshat videomurojaatda minnatdorchiligini izhor etib, Germaniyada boshpana topgan barcha qochoqlarni ruhan qo’llab quvvatladi. San’atshunos Britta Shmits maqtov nutqida “Shirin Neshat asarlari puxta va chuqur o’ylangan konsepsiyaga asoslanib, muallif ularda hikoyalarni mohirona birlashtirishga erishadi. U ta’sirli, uzoq vaqt unitilmaydigan hikoyalar va fotosuratlar yaratadi, ular turli madaniyatlar uchun ahamiyatga ega”, deb ta’kidladi.
“Gyote” medali sohiblari maqtov nutqini so’zlaganlar hamda Gyote-Instituti prezidenti va boshqaruvi a’zolari bilan birga | Fotosurat: Maik Shuk “Gyote” medali sohiblari maqtov nutqini so’zlaganlar hamda Gyote-Instituti prezidenti va boshqaruvi a’zolari bilan birga | Fotosurat: Maik Shuk | © Foto: Maik Schuck Qo’shimcha ma’lumot

“Gyote” medali Gyote-Instituti boshqaruvi tomonidan 1954 yilda ta’sis etilgan, 1975 yilda esa Germaniya Federativ Respublikasi uni davlat mukofoti sifatida tan oldi. “Gyote” medali 28 avgustda, Iogann Volfgang von Gyotening tug’ilgan kunida, topshiriladi. Mukofot birinchi marta 1955 yilda berilgan, bugungi kunga qadar uni 66 ta davlatdan jami 351 kishi olgan.

 

2019 yil, avgust oyi