Ekologik barqarorlik
Plastmassadan holi dunyo

Plastmassa, bioplastmassadan yasalgan bir marta ishlatiladigan idishlar, chiqindilardan ishlab chiqilgan yo'l qoplamalari: mamlakatlar, kompaniyalar va fuqarolik tashabbuslari plastiksiz dunyo qanday ko'rinishga ega bo'lishini ko'rsatishmoqda.
 

Plastik bugungi kunda arzon qadoqlash materiallari sifatida keng tarqalgan bo'lib, kundalik hayotni ularsiz tasavvur qilish qiyin. Aynan shu materialdan hosil bo'lgan chiqindi tog'lari ham mavjud: Germaniya Federal statistika idorasining ma'lumotlariga ko'ra har yili Germaniyada har bir fuqaro 37,4 kg plastik chiqindilarni ishlab chiqaradi. Bu atrof-muhit uchun ayniqsa katta muammo. PET qadog'i chirishi 500 yildan ko'proq vaqtni oladi, shu vaqt ichida u yerosti suvlariga zaharli moddalarni chiqaradi. Axlat ko'pincha dengizga tushadi va u yerda to'planadi, shuning uchun bugungi kunda Tinch okeanida dunyodagi eng katta suzib yuruvchi chiqindi oroli hosil bo'lgan bo'lib, maydoni 1,6 million kvadrat kilometrni tashkil etadi. Bu Germaniya maydonidan to'rt baravar kattaroqdir. Ayniqsa chidamli plastmassa dengiz hayvonlari uchun jiddiy xavf tug'diradi. Plastikka qarshi kurashayotgan odamlar, mamlakatlar, shaharlar va tashkilotlar soni oshib bormoqda. Quyida sizlarni  siyosat, iqtisod va jamiyat miqyosida plastiksiz dunyoga eltadigan yetti tashabbus bilan tanishtiramiz.
 

Ruanda - plastiksiz mamlakat
 

Ruanda, das plastikfreie Land Foto: © picture-alliance / Photoshot Ruanda plastik chiqindilarga qarshi kurashda xalqaro kashshofdir: 2008 yildan beri plastik qoplarni olib kirish, sotish va saqlash taqiqlangan, shuningdek, qoidabuzarliklar uchun katta jarimalar va qamoq jazolari belgilangan. Bundan tashqari, Sharqiy Afrikadagi joylashgan bu mamlakat yirik ommaviy axborot kampaniyalari va maktab o'quv dasturlari orqali atrof-muhitga oid bilimlarni oshirmoqda. Har oyning so'nggi shanbasida, Umuganda kunida, aholi butun mamlakat bo'ylab axlat yig'ib, yangi daraxtlar ekishga da’vat etiladi - ushbu rasmda ko'rinib turganidek, chet ellik diplomatlar aholi bilan yonma-yon ishlamoqda. Do'konlar yopiqligicha qoladi va prezident Pol Kagame ham ishtirok etadi. 
 

Olti sent qo'shimcha to'lov evaziga chiqindilarning oldini olish
 

Müllvermeidung schon durch sechs Cent Aufpreis Müllvermeidung schon durch sechs Cent Aufpreis | Foto: © Adobe Buyuk Britaniya tajribasi shuni ko'rsatadiki, iste'molchilar o'z cho'ntaklaridan to'laydigan bo'lsa, plastik chiqindilar sezilarli darajada kamayishi mumkin: 2015 yildan boshlab Buyuk Britaniyadagi yirik supermarketlar plastik qoplar uchun besh pens (olti yevro sent) olishgan. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, shu vaqtdan boshlab Buyuk Britaniyada plastik qoplar iste'moli 80 foizga kamaygan va chiqindilarni yig'ish uchun 65,6 million yevro mablag' tejalgan. Germaniyada plastik qoplar iste'moli ham 2015 yildan beri qariyb 64 foizga kamaydi. 2016 yildan beri hukumat va savdo sohasi o'rtasida ixtiyoriy bitim amal qilmoqda, unda plastik qop ishlatilishi uchun alohida to'lov ko’zda tutilgan.
 

Bir marta ishlatiladigan mahsulotlar uchun bio-plastmassa
 

Biokunstoff für Einwegartikel Biokunstoff für Einwegartikel | Foto: © Adobe Qahva va taomlarni o’zi bilan olib ketish va yetkazib berish xizmatlari zamonida bir marta ishlatiladigan idishlar, ichimlik somonchalari va plastik idishlar kabi qadoqlar plastik chiqindilarning katta qismini tashkil etadi. Shu sababli, tobora ko'proq tashkilotlar atrof-muhitga bezarar muqobillarga tayanmoqdalar va Evropa Ittifoqi 2021 yildan boshlab, biologik parchalanadigan muqobillar topilsa, bir marta ishlatiladigan plastik qadoqlarni taqiqlaydi. Ushbu muqobil mahsulotlar, odatda, PET (polietilen tereftalat) ning yashil muqobili deb hisoblanadigan bio-plastmassa, ya’ni polilakitidan yoki qisqacha PLA dan tayyorlanadi. PLA past haroratga chidamli bo'lishiga qaramay, u biologik parchalanadi va boshqa plastmassalardan farqli o'laroq, parchalanish paytida ichimlik suviga zararli moddalarni chiqarmaydi.
 

Plastik Iqtisodiyoti bo'yicha Yangi Global tashabbusi

Globale Allianz gegen Einwegplastik Globale Allianz gegen Einwegplastik | Foto: © Adobe Bir marta ishlatiladigan plastik bo'yicha Buyuk Britaniyaning Ellen Mak Artur Jamg’armasi (Plastik Iqtisodiyoti bo'yicha Yangi Global tashabbusi) biznes korxonalari, hukumatlar va tashkilotlarni birlashtiradi. Ularning maqsadi bir marta ishlatiladigan plastiklardan xalos bo’lish. 250 dan ortiq pudratchilar ittifoqi, jumladan Unilever, H&M, Coca-Cola va Texas shtati poytaxti Ostin shahri Ellen MakArtur jamg'armasi ma'lumotlariga ko'ra, dunyodagi barcha plastik qadoqlarning 20 foizi uchun javobgardir. Ular o’z oldilariga 2025 yilga qadar erishishi mumkin bo'lgan maqsad qo’yishgan. Har 18 oyda ularning rivojlanishi qayta ko'rib chiqiladi va ommaviy bayonotda yoritib boriladi.

Suv o'tlaridan ishlangan qadoqlar
 

Essbare Wassertüten aus Seetang Essbare Wassertüten aus Seetang | Foto: © Notpla Olimlar va startaplar, bir marta ishlatiladigan plastmassaning boshqa muqobillari ustida bosh qotirmoqdalar. Masalan, Britaniyaning “Skipping Rocks Laboratories” tashkiloti PET idishlariga muqobil qadoq ishlab chiqdi: ular suvni dengiz suvo’tlaridan yasalgan, yeyish mumkin bo'lgan paketlarga qadoqlashmoqda. Hozirgi vaqtda texnologiya oz miqdordagi suyuqlik bilan ishlaydi, ammo ular bu boradagi ishlarini davom ettirishmoqda va kelajakda katta hajmdagi idishlar taklif qilish niyatida. Halle-Vittenberg universiteti tadqiqotchilari qahva stakanida eriydigan sut va shakar solingan paketlarni ishlab chiqdilar; Bio-Lutions firmasi biologik chiqindilardan bir martalik qadoqlar ishlab chiqarmoqda - bu misollardan bir nechtasi, xolos.
 

Plastikdan ishlangan yo'llar va uylar
 

Straßen und Häuser aus Plastikmüll Straßen und Häuser aus Plastikmüll | Foto: © Adobe Dunyo bo'ylab boshqa kompaniyalar va tashabbuslar plastik chiqindilarni qayta ishlash bo'yicha ijodiy g'oyalarni ishlab chiqmoqdalar. Masalan, Hindistonning
“K K Plastik” Chiqindilarni qayta ishlash kompaniyasi yo'l qoplamasi uchun plastik chiqindilarni ishlatish usulini ishlab chiqdi, bu esa uni yanada mustahkam qiladi. Kompaniyaning ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi vaqtda Bangalor atrofida 3500 kilometrga 10 ming tonna plastmassa bilan qoplangan asfalt yotqizilgan. Rotterdam shahri ham bu borada tajriba o'tkazmoqchi. Ammo plastik chiqindilar shunchaki ko'chalarda qolib ketmaydi: Hindistonning "Rudra Environmental Solutions" kompaniyasi uni yoqilg'iga aylantirmoqda, Gvatemalada eski PET idishlaridan uylar va maktab binolarini qurish tashabbusi olg’a surilgan.
 

Plastiksiz dengizlar uchun qirg'oqlarni tozalang
 

Saubere Küsten für plastikfreie Meere Saubere Küsten für plastikfreie Meere | Foto: © Adobe Tadqiqotlarga ko'ra, dunyo bo'ylab har kuni 13000-35000 tonna yangi plastik chiqindilar dengizga tashlanadi. Amerikalik Okeanlarni himoya qilish tashkiloti tashabbusi bilan har yili sentyabr oyida 100 dan ortiq mamlakatda ko'ngillilar axlat qirg'oqlarini tozalashadi, Xalqaro qirg'oq hududlarini tozalash kuni o'tkaziladi. Ammo bu muammoni hal qiladigan nafaqat ko'ngillilar: Ikea, Dell va HP singari kompaniyalarning ko'magida Amerikaning "Lonely Whale" nodavlat tashkiloti dengizga tushmaslik uchun plastik chiqindilarni to'plash uchun qirg'oqqa yaqin yashaydigan odamlardan foydalanadi. Bir vaqtning o'zida ish o’rinlari ham yaratiladi.