"Raqamli asrda bilim va ta'lim"
Kelajak o'qituvchilari

Raqamlashtirish ta'lim berish va ta’lim olish, shuningdek ijtimoiy rivojlanish va mehnat bozoriga qanday ta'sir qiladi? Ukrainadagi Gyote institutining "Raqamli asrda bilim va ta'lim" anjumanida "Gyote aktuell" sun'iy intellekt sohasi mutaxassisi Filipp Kox bilan suhbatlashdi.
 

Janob Koch, sun'iy intellekt dunyoni qachon boshqaradi?

O'ylaymanki, oxirzamon stsenariysi bizni hozirgidek bezovta qilmasligi kerak. Ushbu stsenariy fonida Gollivud filmlaridan kelib chiqqan pop madaniyat yotadi va u yaxshi sotiladi. Ammo, menimcha, bizni xavf ostiga qo'yadigan boshqa xavf-xatarlar ham bor.

"Sun'iy intellektga hamma ham ega bo'la olmaydi".

Siz qanday xavfni nazarda tutayapsiz?

Sun'iy intellekt masalasida agar noto'g'ri yo'l tutilgan tadqirda, bu jamiyatda hamjihatlik darz ketishiga olib kelishi mumkinligiga ishonaman. Masalan, sun'iy intellekt yordamida har bir odam o'zida mujassamlashtirgan xavfni alohida hisoblab chiqish, mustaqil ravishda qurol-yarog 'tizimlarini yaratishi mumkin. Shu bilan birga, biz fan sohasining tobora xususiylashtirilayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. Boshqacha qilib aytganda, hozirgi vaqtda sun'iy intellekt bozorining asosiy ishtirokchilari: Amazon, Apple, Facebook va Google. Tadqiqotlar endi universitetlarda emas, balki yirik sanoat korxonalarida olib borilmoqda. Bu katta tengsizlikka olib keladi. Sun'iy intellektga hamma ham ega bo'la olmaydi. O’rtacha kattalikdagi kompaniya uni osonlikcha sotib olishga qodir emas, biroq katta kompaniyalar uchun bu juda oson. Shu tariqa bozorda ikki xil tezlikda harakatlaniladi.

Philipp Koch im Gespräch mit Katharina Buck und Eva Korb vom Goethe-Institut Ukraine Philipp Koch im Gespräch mit Katharina Buck und Eva Korb vom Goethe-Institut Ukraine | Foto: Volodymyr Bugaenko

Mening fikrimcha, eng katta xavf shundaki, oxirzamon stsenariylari va Terminator haqidagi g'oyalar ulkan qo'rquv bulutiga o'xshab haqiqiy xavf-xatarlarni tuman kabi qamrab oladi, bu esa o'z navbatida ularning ommaviy muhokamalardan chetda qolib ketishiga olib keladi. Sun'iy intellekt inqilobidan barchamiz katta foyda olishimiz mumkin, chunki takroriy vazifalar to'liq avtomatlashtirilishi mumkin. Qo'shimcha qiymat saqlanib qolinadi ammo ish o'rinlari yo'qolib boradi. Shuning uchun biz odamlarni to'lov qobiliyati va mahsuldorligi bilanmi yoki umuman ijtimoiy qo'shimcha qiymatdagi ishtiroki bilan bog'lashda davom etamizmi degan masalani ko'rib chiqishimiz kerak. Biz butun jamiyatni qamrab oladigan iqtisodiy yechimlarni taklif qilishimiz lozim. Endi biz ushbu jarayonni faol boshqarishimiz kerak.

“Raqamli asrda bilim va ta'lim” Kongressi tinglovchilari asosan turli fanlardan o'qituvchi va pedagoglardir. Ularni eng ko'p kelajakda kasbim eskiradimi degan savol qiziqtiradi? Bu tashvish qanchalik asosli?
 

O'ylaymanki, o'qituvchilar ish joylarini yo'qotish va ularni avtomatlashtirilgan tizimlar bilan almashtirish haqida kamroq tashvishlanishlari kerak. Bu erda o'qituvchilik kasbiga qaraganda ancha tizimliroq ishlaydigan kasblar mavjud. O'qituvchining kasbi - bu o'zaro hamkorlik, moslashuvchanlikka tayanadi va qoidalarga bog'liq emas. Advokatning ishi qoidalar bilan bog'liq, kotiblar, soliq maslahatchilari ishi qoidalar bilan bog'liq. Bu umuman o'qituvchilarga taalluqli emas. Bundan tashqari, o'qituvchi o'zida maxsus qobiliyatni ham mujassam qiladiki, buni biz sun'iy intellektga tez o'rgata olmaymiz, ya'ni biz boshqa odamga hissiy, shaxslararo, empatik munosabatda bo'lamiz. Bu esa yaqin kelajakda sun'iy intellekt o'z zimmasiga ololmaydigan vazifadir.

Teilnehmer*innen des Digitalkongresses Teilnehmer*innen des Digitalkongresses | Foto: Volodymyr Bugaenko

Ta'lim uchun imkoniyat

Ta'limda sun'iy intellektning eng ajoyib imkoniyatlarini nimada ko'rasiz?
 

Yuqorida aytib o'tganimdek, desolidarizatsiya va individuallashtirish xavfi ta'lim sohasi uchun imkoniyati bo'lishi mumkin. Ta'limni sinflar va maktablarni tarqatmasdan yakka tartibda amalga oshirishimiz mumkin. Sinfdagi har bir kishi o'z mavzulari ustida ishlashi mumkin, bu yerda tizim ayni damda siz uchun muhim bo'lgan, sizni bir qadam oldinga olib boradigan vazifani aniqlaydi. Shunday qilib, sun'iy aql bizni jarayonning ko'p takrorlanadigan bosqichlaridan qutqaradi. Bizda empatik darajada odamlarni  eksklyuziv qilishga qodir narsalarga e'tibor qaratish imkoni paydo bo'ladi. Bu bo'sh vaqtimizni talabalar va o'quvchilarga sarflashimiz mumkinligini anglatadi.
 

Shunday qilib, o'qituvchi tuzatish funktsiyalaridan xalos bo'lib, ta'lim maslahatchisi va yordamchisiga aylanishi mumkinmi?
 

Umuman olganda, kelajakda talabalar va odamlarga kerak bo'ladigan odam, ularga bizning juda murakkab dunyomizda yo'l-yo'riq ko'rsatadigan odamdir. Bu keyingi matematik masalani yechish bilan bog'liq emas, chunki tizim o'zi buni hal qila oladi. Muhimi, men ma'lumotni qanday baholayman, uni qanday boshqaraman, bu ma'lumot qayerdan keladi va hokazo. Boshqacha aytganda, kelajak o'qituvchilari murakkablikni soddalashtirishi kerak.