Mahalliy boshqaruvda ayollar
Ayollar, siyosat yuriting!

Mahalliy siyosatda ishtirok etishga erishgan sanoqli ayollardan biri: uy devorida Kyoln hokimi Henriette Rekerning portreti.
Mahalliy siyosatda ishtirok etishga erishgan sanoqli ayollardan biri: uy devorida Kyoln hokimi Henriette Rekerning portreti. | Fotosurat (qism): © Picture alyansi/Geisler-Fotopress/Kristof Xardt

Bundestagni olsangiz ham, mahalliy hokimiyat boshqaruvida ham: siyosiy sahnada ayollar o’rni sezilarli darajada oz. Buning sabablari - va mumkin bo'lgan yechimlar haqida. 

Christiane Horsch va Heike Ollech kabi ayollar siyosiy tizimda juda kam uchraydi, Henriette Rekerni aytmasa ham bo'ladi. Ushbu uch hokim lavozimida o’z faoliyatini olib borayotgan, hamda ular singari Germaniya mahalliy va shahar boshqaruvi tizimida eng yuqori lavozimlarni egallagan ayollarni uchratish juda qiyin. 2020 yilda Berlindagi "Siyosat va biznesdagi ayollar Yevropa akademiyasi" (EAF) ning o’tkazgan tadqiqotiga asosan, Germaniya hokimlarining atigi to'qqiz foizini ayollar tashkil qiladi. Yirik shaharlarda ushbu nisbat yanada baland: 2017-yilda Heinrich-Böll Fondi tomonidan“Germaniyaning yirik shaharlari gender reytingi” mavzusida o‘tkazilgan o‘rganishlarga ko‘ra, bu yerda shahar hokimiyatlarining atigi 8,2 foizini ayollar boshqaradi.

"Siyosat va biznesdagi ayollar Yevropa akademiyasi" ning tadqiqot mualliflari Katrin Maler Valter va Helga Lukoshat " ning fikriga ko’ra: "Jamiyat qancha kichik bo'lsa, ayollar ulushi shuncha yuqori bo'ladi". Sharqiy Germaniyada ayollar ulushi biroz ko'proq, ammo so'nggi yillarda u ham kamayib bormoqda. Olimlarning fikriсha, buning sababi "eski federal yerlarining quyi qatlamdagi nisbatning tenglashishi" dir. 

Siyosiy va iqtisodiy doiralarda yo’l qo’yilayotgan xatoliklarga muntazam ravishda ishora qilib, ayollar rolini kuchaytirish tarafdori bo'lgan Lukoschat bu natijalarni "xavotirli", deb hisoblaydi. Uning tanqidiy fikriga ko‘ra, ayollar mahalliy hokimiyat idoralarida ishlovchilarning atigi ¼  qismini tashkil etsa, Bundestagda ayollar soni undan ham kam. Masalan, 2017 yil  parlament deputatligiga saylanganlarning atigi 31 foizini ayollar tashkil qilgan – bu esa avvalgi saylov davriga qaraganda yetti foizlik yo'qotish demakdir. Uning izoh berishicha: "Bunda nafaqat rivojlanmaslik, balki bir qadam orqaga qaytishni ham ko'rish mumkin".

AYOLLARGA SIYOSIY SAHNADA FAOLIYAT OLIB BORISHLARI QIYIN

Mahalliy nuqtai nazardan qaraganda, ayollarning siyosatda nisbatan kamroq faoliyat yuritishining turli sabablari bor, - deydi 2012-yildan buyon o'rta Mozelda joylashgan Shvayx mahalliy boshqaruvi hokimi Christiane Horsch. Ushbu sabablardan biri bu ayollarning jamiyatdagi an'anaviy rollari haqidagi g'oyalardan voz kecha olmaslikdir: "Ayollarga oila va ishni bir vaqtning o‘zida yuritish hali ham qiyin". Asosan, mahalliy hokimiyat boshqaruviga kirish imkonini beruvchi shahar ko'ngillilari pozitsiyasi erkaklarga nisbatan ayollardan "ko'proq qo'shimcha vaqt" ni talab qiladi.

Siyosatda ayollar kamligining yana bir sababi shundaki, ular uchun siyosiy lavozimlarni egallash, yoki siyosiy yo'ldan borish erkaklarga nisbatan qiyinroq kechadi. EAF tadqiqotchilari tomonidan olingan xulosaga ko'ra: so’rovda ishtirok etgan hokimlarning tajribasiga ko'ra ayollarning qariyb yarmi o'z nomzodini taklif etish jarayonidayoq turli qarshiliklarga duch kelgan. Erkaklarning faqat 37 foizi ushbu fikrga qo'shilgan. Ayollarning deyarli uchdan bir qismi jins tufayli maxsus cheklovlarga duch kelganini, 13 foizi esa, hatto zo'ravonlikka uchraganini maʼlum qilgan. Janubiy Badenda joylashgan Gunningen shahri hokimi Heike Ollech mahalliy siyosatchi ayollar yig‘ilishida, o'z saylovoldi tashviqoti chog‘ida “Siz ayolga ovoz bera olmaysiz” kabi shiorlarni eshitishga majbur bo'lgan.

EAF boshqaruvchi direktori va siyosatdagi ayollar bo'yicha EAF tadqiqotining muallifi Kathrin Mahler-Walther 2019 yilda Sharqiy Germaniyada faol fuqarolik pozitsiyasi uchun olgan  mukofoti taqdimotida. EAF boshqaruvchi direktori va siyosatdagi ayollar bo'yicha EAF tadqiqotining muallifi Kathrin Mahler-Walther 2019 yilda Sharqiy Germaniyada faol fuqarolik pozitsiyasi uchun olgan mukofoti taqdimotida. | Fotosurat (qism): ©picture alliance/dpa/Wolfgang Kumm

NETVORKING VA PARITET (TENGlik) QONUNLARI YORDAMIDA SIYoSATgA KO'PROQ AYOLLARNI jalb qilish

Buning uchun birlashish va o'zaro qo‘llab-quvvatlash muhimdir. Xususan, federativ shtatlarda va mahalliy boshqaruv joylarida ayollar mavqeini oshirishni maqsad qilgan tarmoq va aloqalarni ko'proq yaratish talab qilinadi. Christiane Horsch boshqa targ‘ibotchilar bilan birgalikda Rheinland-Pfalz mahalliy va shahar boshqaruvi tarkibiga kiruvchi “Rahbar- ayollar jamiyati yetakchilari tarmog‘i”ga asos soldi. Ushbu tarmoq orqali u yosh siyosatchi ayollarni qo'llab-quvvatlashni va namunali ayollarni barchaga tanitishni maqsad qilgan. "Mahalliy jamiyat hayotini shakllantirishda yordam berish ajoyib, ammo o'ziga xos qiyin vazifadir", deydi u. "Bu g‘oyani biz, ayniqsa, yosh ayollar orasida faolroq targ‘ib qilishimiz kerak". Ayni paytda Kyoln hokimi Henriette Reker ayollarni siyosatda qo‘llab-quvvatlashni asosiy maqsad qilib, shahar ma'muriyatida murabbiylik dasturlarini boshqarmoqda, yarim kunlik rahbarlik loyihasi doirasida ayollarni boshqaruv lavozimlarni egallashga undab kelmoqda.

Shvabenda ham siyosatchi ayollar o'zlari asos solgan uyushmada faollik ko'rsatmoqdalar: Ushbu "BoRa" uyushmasi ayollarning siyosatdagi ishtirokini oshirish tarafdoridir. Masalan, yaqinda uyushma a'zolari, parlamentda tenglik yo‘qligiga ishora qiluvchi videoklipni suratga olishgan. Unda: “Ayollarga hokimiyatning yarmi. Hoziroq!”, - deb talab qilingan.

Helene-Weber-Kollejidagi Helga Lukoschat tomonidan ayollar uchun asos solingan EAF Berlin tashabbusi, siyosatda gender muvozanatiga erishishning eng yaxshi, ehtimol yagona yo'lidir. Ular ham yosh siyosatchilarni kuchaytirish bo'yicha seminarlar taklif qilib, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish bo'yicha treninglar o'tkazishga harakat qilmoqdalar. Lekin ularning ta'kidlashicha: “Siyosatdagi tenglikka faqat majburiy huquqiy normalar mavjud bo‘lgandagina erishish mumkin”.

Biroq: ba'zi federal shtatlarda so'nggi paytlarda partiyaviy-siyosiy faollik tezlashmoqda. Brandenburg va Turingiya paritet qonunlarini qabul qilgan birinchi federal shtatlaridandir. Ammo, davlat parlamentida ayollar va erkaklar o'rtasidagi muvozanatini ta'minlashi kerak bo'lgan Erfurt qonuni 2020-yilning yozida konstitutsiyaga zid deb e'lon qilindi; oktyabr oyida Brandenburg tashabbusi ham xuddi shunday taqdirga duch keldi. 

2017-yilgi Bundestag saylovlari natijalari va o‘rinlarning gender bo‘yicha teng taqsimlanmaganligi haqidagi o‘n nafar ayolning shikoyati ham yaqinda Federal Konstitutsiyaviy sud tomonidan rad etildi. Buning sabablaridan biri: Parlamentda saylovchilarni aks ettirish muhim emas. Har holda, da'vogarlarning advokati osonlikcha taslim bo'lmoqchi emas. U yaqinlashib kelayotgan federal saylovlardan keyin yangi shikoyat yozishni istisno qilmagan.