O'zbekiston va Tojikiston yosh dramaturglari uchun mo'ljallangan "DramaCamp" bo’lib o’tdi

O'zbekiston va Tojikiston yosh dramaturglari uchun mo'ljallangan "DramaCamp" bo’lib o’tdi
© Goethe-Institut Usbekistan

22 sentabrdan 28 sentabrga qadar germaniyalik dramaturg va teatr pedagogi Kristin Xess (Junges Schauspiel Düsseldorf) rahbarligida Toshkentdagi Gyote instituti tomonidan O'zbekiston va Tojikiston yosh dramaturglari uchun mo'ljallangan "DramaCamp" tashkil etildi.

Toshkentdan unchalik uzoq bo'lmagan,  Tyan -Shan tog'lari etagida joylashgan so'lim maskanda  o'zbek va tojik dramaturglari va teatr mutaxassislari qariyb bir hafta davomida Markaziy Osiyo va jahon yosh tomoshabinlar teatrlarining kelajagi borasida fikr almashdilar.

"DramaCamp" ishtirokchilari o'z asarlari ustida ish olib boradilar va birgalikda muhokama qiladilar. Asarlarning til jihatlari va mavzusi kabi badiiy masalalardan tashqari, pragmatizmga ham e'tibor qaratildi - masalan, yosh dramaturglar o'zlarini va o'z asarlarini yanada samarali targ'ib qilishni o'rgandilar. Germaniya-Markaziy Osiyo hamkorligidan tashqari, DramaCamp nafaqat mamlakatimizdagi, balki mintaqadagi o'zbek va tojik dramaturglarini birlashtirdi va shu tariqa butun Markaziy Osiyo teatr landshaftini mustahkamladi. DramaCamp tugagandan so'ng, ishtirokchilar birgalikda ishlashni davom ettiradilar: seminar davomida yaratilgan asarlar antologiyasi allaqachon rejalashtirilgan va DramaCamp -dan eng yaxshi asarlar kelgusi yillarda mahalliy teatrlar repertuaridan joy olishi kerak.