Musiqa
Yuliya Hulsman kvarteti hamda “Omnibus” ansambllarining kontserti

Yuliya Hulsmann jazz kvartetining „Omnibus“ ansamli bilan hamkorlikdagi konsertlari
Foto: © Dovile Sermokas

O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30-yilligi munosabati bilan Gyote-Instituti Yuliya Hulsmann jazz kvartetining „Omnibus“ ansamli bilan hamkorlikdagi konsertlarini taqdim etdi. Ushbu jamoalarning hamkorligi onlayn tarzda 2020 yilda boshlangan edi.

Yuliya Hulsmann kvarteti Yuliya Huslman (pianino), Uli Kempendorf (Saksofon), Mark Myulbauer (kontrabas), Xaynrix  Kyobberling (baraban)lardan iborat. Qariyb 17 yildan ortiq vaqt davomida jamoa o’ziga xos erkin uslubi bilan Germaniyada zamonaviy jazz musiqasini shakllantirdi.  2021 yil iyun oyida guruh “Germaniya Jazz musiqasi” mukofotiga sazovor bo’ldi.

„Omnibus“ ansamli 2004 yilda tashkil etilgan bo’lib, jamoa Markaziy Osiyoda yangi musiqiy yo’nalishda ijod qiladi. Jamoaga bastakor, pianist hamda dirijyor Artyom Kim rahbarlik qiladi. Ular milliy hamda G’arb musiqa asboblari jo’rligida zamonaviy musiqa asarlarini ijro etadilar.

2021 yil 18 sentyabrda Hulsman kvarteti Toshkent Yoshlar Teatri sahnasida "Not Far From Here" (ECM) albomini taqdim etdi. Ushbu albom o’ziga xos ohanglarni qamrab olgan va matbuot va jamoatchilik nazarida katta muvaffaqiyatga erishdi. Yuliya Hulsmann yana o'ziga sodiq qolishga, guruhni yangi pog‘onaga ko'tarishga va ijodiy sifatni saqlab turishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu doimiy o'zgarish va taraqqiyot yo‘lining guvohi bo'lishdan juda mamnunmiz.

20 sentyabr kuni jamoa “Ilhom” teatri sahnasida “Omnibus” jamoasi bilan birga konsert berdi. Bor-yo’g’i bir necha kun mobaynida birga jonli mashq qilishgan musiqachilar jazz musiqasi bilan o’zbek musiqasining ajoyib qorishmasini taqdim etdilar.