O‘rta Osiyo bo'ylab Grand Tour

Ўрта Осиё бўйлаб Гранд Тур © Pixabay

 


Seminar badiiy tarjimon va adabiyotshunos Hafiza Qo‘chqorova hamda shoira Tillaniso boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

Qiziqib qoldingizmi?!
Unda albatta ishtirok eting! Ishtirokingiz nafaqat siz uchun balki biz uchun ham muhimdir! Chunki bu – nafaqat konkurs, musobaqa, balki mushoira hamdir! Musobaqada nemis tilidagi bilimlaringizni she’riy ohangda sinab ko‘rish imkoniyatingiz mavjud!
Biz sizga ishtirok uchun sarflangan vaqtingiz evaziga she’riyatni his qila olish zavqini tuhfa etamiz!
Shoshiling! Bizga mashhur nemis shoirasi Anya Kampman  qalamiga mansub quyidagi she’r tarjimasini Gulnoz.Nabieva@goethe.de elektron manzil orqali 12 martgacha jo‘nating va ishtirokingizni o‘zingiz ta’minlang! Ha, aytgancha, bizga o‘zingiz haqida  qisqacha ma’lumotni jo‘natishni ham unutmang!

Mana o‘sha she’r:
zwei holzschiffe
wie alte blumentöpfe
mit einem rest erde auf der kante
wie sie dastehen schief hinter einem zaun
wie das wachsen die triebe alle
vergeblich waren
und der asphalt schimmert vor sich hin
es ist mittag, etwas
lässt die leeren körper
noch größer scheinen

Xo‘sh, seminarda kim ishtirok eta oladi?
Ushbu savolga esa javobimiz quyidagicha:
Mazkur musobaqada nemis she’riyati mutarjim va mutarjimalari yakka holda yoki shoir va shoiralar bilan birgalikda ishtirok eta oladilar. (eslatma: nemis tili bilimlari hamkor shoir va shoiradan talab qilinmaydi).
Tarjimonlar seminarida badiiy tarjima masalalarini muhokama qilish bilan bir qatorda she’riy tarjimada imkoniyatlaringizning qay darajada ekanligini sinab ko‘rasiz!
Seminar davomida ixtiyoringizga bugungi kunning mashhur besh nafar nemis shoir va shoiralarining (Anja Kampmann, Monika Rinck, Rike Scheffler, Daniela Seel, Jan Wagner) 10 tadan she’rlari o‘zbek tiliga tarjima uchun taqdim etiladi.
O‘zbek tiliga o‘girilishi lozim bo‘lgan she’rlar dem 03. März 2021 kunidan boshlab Toshkentdagi Gyote institutining „Übersetzerworkshop“ deb nomlangan telegram kanalida berib boriladi.
Mazkur seminardan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – nemis tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishning o‘ziga xos muammolari hamda badiiy tarjimaning asosiy muammolariga bag‘ishlanganligidadir.
Sara tarjimalar zamonaviy nemis she’riyati namunalarini o‘z ichiga olgan Antologiyagada nashr etiladi va joriy yilning avgust oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan birinchi xalqaro she’riyat festivaliga taqdim etiladi.

Seminar 15.03-20.04.2021 kunlari davomida bo‘lib o‘tadi.

“O‘rta Osiyo bo‘ylab Grand Tur” sarlavhali adabiy loyiha doirasida o‘tkaziladigan mazkur seminar bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmanistonda bo‘lib o‘tadi. 

Ishtirok etuvchi institutlar:
• O‘zbekiston va Tojikiston uchun mas’ul O‘zbekistondagi Gyote instituti
• Qozig‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston uchun mas’ul Olmaota Gyote instituti
Ushbu loyiha doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan: 2021 yilda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan birinchi xalqaro she’riyat festivali, mualliflar mutoala kechalari, lirik chiqishlar, adabiy suhbatlar, zamonaviy Evropa she’riyati namunalarini o‘z ichiga olgan “Grand Tur” antologiyasi taqdimoti, video/filmlar.