MUSIQA - virtual musiqiy hamkorlik residentsiyasi

MUSIQA - virtual musiqiy hamkorlik residentsiyasi © Goethe-Institut

 

Koronavirus pandemiyasi va cheklangan erkinlik davrida Gyote instituti Germaniya va boshqa mamlakatlarning professional musiqachilari virtual rezidentsiyasiga homiylik qilmoqda.

Virtual rezidentsiya doirasida birgalikda tadqiqotlar o'tkazish, kompozitsiyalar yaratish, kontseptsiyalarni ishlab chiqish, innovatsion raqamli loyihalarni tayyorlash yoki amalga oshirish mumkin. Musiqaga yo'naltirilgan boshqa formatlarni ham taqdim etish mumkin. Asosiy e'tibor ijodiy hamkorlik, shuningdek intensiv almashinuvga qaratilgan. Ariza berish muddati 2020 yil 31-dekabrgacha uzaytirildi (pandemiya sharoitiga qarab yana uzaytirish imkoniyati bilan).

Arizalar yakka musiqachilar va kichik musiqiy guruh tomonidan topshirilishi mumkin. Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati yo'q, arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Ishtirok etish uchun talablar:
• Tegishli musiqa sohasida tajribaga ega professional musiqachilar va musiqiy guruhlar
• loyihaning davomiyligi ikki haftadan to'rt haftagacha
• loyihani hozirdan 2020 yil 31 dekabrgacha amalga oshirish shart.

Quyidagi hollarda loyihalar moliyalashtirilmaydi:
• loyihaning shaxsiy va oilaviy maqsadlarga xizmat qilishi;
• boshqa moliyalashtirish manbalariga ega bo'lish
• musiqaga aloqasi yoq loyiha
• asosan tijoriy xarakterga ega loyiha
• o'quv kursi yoki qo'shimcha mashg'ulotlar doirasida o'tkazilgan loyihalar
• kontsertlarning translyatsiyasi.
 
Grant miqdori har bir musiqiy guruh /musiqachi uchun 1200 evro.
 
Batafsil ma'lumotni bizning veb-sahifamizda topish mumkin.