Shum bola | 02.-04.05.2023

Kinder- und Jugendfilmfestival  in Usbekistan 2023 © Goethe-Institut Usbekistan/Niklas Braun

Das zehnjährige Jubiläum des Shum-Bola-Filmfestivals hat mehr als 1.600 Filmfans begeistert. Aktuelle deutschsprachige Filme aus dem Programm von „Schlingel“ in Taschkent, Nukus und Chiwa wurden gezeigt und Gäste aus Deutschland und Österreich wurden eingeladen.

Publikum sitzt. Projektor an. Licht aus. Film ab!

 

“SHUM BOLA” KINO FESTIVALINING 10 YILLIK YUBILIYI 1600 DAN ORTIQ KINO MUHLISLARINI ILHOMLANTIRDI.

Tomoshabinlar o'tirishdi. Proyektor yoqildi. Chiroq o'chirildui. Kino boshlandi!

2023-yilning 2-5-may kunlari O‘zbekiston Gyote-Instituti tomonidan o‘ninchi bor “Shum bola” kinofestivali tashkil etildi. Avstriya va Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonalari homiyligida hamda “Shlingel” xalqaro kinofestivali (Xemnits, Germaniya), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va PASCH tashabbusi bilan hamkorlikda uchta shaharda oltita bolalar va o‘smirlar filmlari namoyish etildi.

Toshkent, Nukus va Xivada “Schlingel” dasturining nemis tilidagi joriy filmlari namoyish qilindi:
  • Frants haqida hikoyalar
  • Sehrli hayvonlar maktabi 2
  • Alfons Zitterbacke - Nihoyat sinf sayohati!
  • Lyusi endi Gangster
  • Qaroqchi Hotzenplotz
  • Kichkina jodugar

Filmlar asl tilda ruscha subtitrlar bilan yoki o‘zbek va qoraqalpoq tillarida dublyaj qilingan holda namoyish etildi. Ular madaniy xilma-xillik, ijtimoiy adolat, gender va o'ziga xoslik muammolari va shaxslararo munosabatlar kabi dolzarb ijtimoiy muammolarni ko'rib chiqdilar. Ushbu asarlar yosh tomoshabinlarga namuna bo'lib, O'zbekistonda o'sib borayotgan tomoshabinlar uchun muhim bo'lgan xilma-xillik, imkoniyatlar va shaxsiy rivojlanish haqidagi muhim xabarlarni yetkazdi.

Toshkentdagi festival mehmonlari orasida “Shlingel” xalqaro kinofestivalining direktori Mixail Xarbauer, kinoaktyor Luis Vorbax va “Alfons Zitterbake – Nihoyat sinf sayohati!” filmi prodyuseri Nikol Kellerxals ham bor edi.

Filmlardan so‘ng o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish, muhokama qilish va fikr-mulohazalarini bildirish imkoni yaratildi, bu ayniqsa bolalar va yoshlar uchun foydali bo‘ldi.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistondagi Gyote-Instituti joriy yilgi “Shum bola”ni O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi madaniy aloqalarini muvaffaqiyatli deb baholadi va kelgusi yilgi festivalni hozirdanoq intiqlik bilan kutmoqda.

Bizni kuzatib boring