Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish
SimurghDirk Skiba, Niklas Braun © Goethe-Institut Usbekistan

„Simurgh“ Fotoko’rgazmasi

Fotograf Dirk Skiba

Qozog‘iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston zamonaviy sheriyati

Markaziy Osiyo she'riyatining xilma-xilligi, ayniqsa zamonaviy she'riyat, nemis kitobxonlari uchun deyarli noma’lum. Shu bois Qozog‘iston va O‘zbekistondagi Gyote-Institutlari bir-biri haqida juda kam ma’lumotga ega bo‘lgan ushbu adabiyotlarni bir-biriga qiziqtirish, eshiklarni ochish va o’zaro almashinuvni ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Yaqinda nashr etilgan nemis tilidagi birinchi Markaziy Osiyo she'riyati to’plami O'rta Osiyo madaniyatlari, tarixi va tillari haqida turli xil taassurotlarni taqdim etadi - u juda ko'p narsalarni ajratib va shu bilan bir vaqtda birlashtirib ham turadi. Ushbu ko'rgazma Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston shoirlarini ularning ifodali fotosuratlari orqali bir-biriga yanada yaqinlashtiradi. Suratlar 2022-yil sentabr oyida Toshkentdagi Gyote-Institutida bo‘lib o‘tgan Germaniya va Markaziy Osiyo birinchi she’riyat festivali doirasida olingan.

Mashhur nemis fotografi Dirk Skiba imkoniyatdan foydalgan holda, festivalda ishtirok etgan shoirlarni tasvirga oldi va shu tariqa Markaziy Osiyo she'riyatining ta'sirchan qiyofasini yaratdi. Umid qilamizki, biz sizning e’tiboringizni nafaqat shoirlarning oq-qora rangli fotosuratlariga qarata oldik, balki “Vunderhorn Verlag” tomonidan nashr etilgan "Simurgh" she'riy to'plamimizga ham qiziqishingizni uyg’otishga muvaffaq bo’ldik.

Ushbu ajoyib adabiyot almashinuvini amalga oshirganlarning barchasiga o’zimizning samimiy minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Marhamat, tomosha qiling va zavqlaning.