Stihiya - elektron musiqa festivali
ELEKTRON MUSIQA FESTIVALI, 2019 YIL 23-24 AVGUST
Orol dengizining qurigan tubi elektron musiqa, texno, avangard va raqs musiqa sahnasiga aylanadi. Moskva, Berlin va Tokioning taniqli Dj-lari dunyo hamjamiyati e’tiborini ushbu texnogen fojeaga qaratish maqsadida minglab musiqa ixlosmandlarini iqtisodiy halokatga uchragan shaharga jalb qilishmoqda.
O'zbekistondagi Gyote-Instituti festival haqida hujjatli film olish maqsadida nemis rejissori Diana Nekkeni taklif qildi. Qisqa video yozuvlar va intervyular festival arafasida va uning davomida tayyorlangan va rejissyor tomonidan tahrir qilingan holda o’tov ichida namoyish etiladi.
