UNRULY MIRRORS
Sirtqi qiyofa bilan nuqtai nazar orasida
Loyiha
Go‘zallik salonlarida shakllanadigan amaliyotlar hech qachon betaraf bo‘lmaydi. Ular ijtimoiy kutishlarni, iqtisodiy sharoitlarni va madaniy rivoyatlarni aks ettiradi. Ular nafaqat o‘zini anglash tasavvurlarini, balki jamiyatda ishtirok etish imkoniyatlarini, shuningdek, shaxsiy sub’ektivlik va faoliyat qobiliyatini shakllantiradi.
Almaty, Gonkong, Pekin, Seul, Toshkent, Tokio va Ulan-Batordagi Goethe-Institutlar savol qo‘yadi: biz bu normalarni ko‘rinadigan qilib, ularni transmadaniy feministik muloqot doirasida ko‘rib chiqsak, nima sodir bo‘ladi? Estetik amaliyotlarni o‘zini belgilash shakllari sifatida qayta talqin qilish mumkinmi?
Open Call doirasida biz san’atkorlarni 2026 yil yozida ushbu mavzu bo‘yicha ishlar yoki loyihaviy g‘oyalarni taqdim etishga taklif qilamiz. Xalqaro hay’at har bir mamlakatdan bittadan bo‘lib, jami yetti loyihani tanlaydi. Ular moliyalashtiriladi va 2027 yil bahoridan boshlab qo‘shma mobil ko‘rgazma doirasida namoyish etiladi. Tanlangan loyihalar mahalliy kuratorlar tomonidan hamrohlanadi, ular san’atkorlar, auditoriya va institutlar o‘rtasida o‘zaro aloqani ta’minlaydi.
Ko‘rgazmaga har bir mamlakatda kuratorlar tomonidan ishlab chiqiladigan va olib boriladigan mahalliy dastur qo‘shimcha qilinadi. Unda muhokamalar, workshoplar, kinoko‘rsatmalar, o‘qishlar, performanslar, shuningdek, alternativ rivoyatlar uchun makon yaratadigan pop-up go‘zallik salonlari bo‘ladi.
Ko‘rgazma katalogi Missy Magazine bilan hamkorlikda yaratiladi.
Loyihaning yakuniy taqdimoti Germaniyada 2027 yil oxirida Grand Beauty bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Open Call
Arizalarni faqat elektron shaklda, bitta PDF hujjat ko‘rinishida, 15.07.2026 dan kechiktirmay quyidagi manzilga yuboring: unrulymirrors@goethe.de Savollar bo‘yicha quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: unrulymirrors@goethe.de yoki Goethe-Institutning O‘zbekistondagi loyiha koordinatori Munira Rahimjanovaga:
Kultur-taschkent@goethe.de
Muddatlar
Open Call: 15.05–15.07.2026
Tanlov: 16.07–31.08.2026
Loyihalar ishlab chiqish: 01.09–31.12.2026
Ko‘rgazma va dastur: 2027 yil
Loyiha rahbari
-
Maryamgul Yesken
Loyiha rahbari va tadqiqotchi
-
Alberta Leung
Loyiha rahbari va tadqiqotchi
-
Su Ping und Roxane Fu
Loyiha rahbari va tadqiqotchi
-
-
Ji Yoon Yang
Seuldagi Alternative Space LOOP direktori
-
Tseekhuu Solongo
Loyiha rahbari
Homiylar
MISSY
Missy Magazine — Berlinda har ikki oyda bir marta chop etiladigan jurnal bo‘lib, pop-madaniyat, siyosat va feminizm mavzulariga bag‘ishlangan.