Tarjimonlarni qo'llab-quvvatlash

Books on a shelf Foto: © Goethe-Institut Budapest

 


Adabiyot insonlar va madaniyatlarni o'zaro bog'laydi. Tarjimalar nemis tilidagi adabiyot bilan butun dunyo bo'ylab tanishishni osonlashtiradi, shu bilan birga, madaniyatlararo muloqotni ham shakillantiradi. Tarjimon nemis adabiyotining xilma-xilligi va chuqurligini keng auditoriyaga yetkazadi va madaniyatlar o'rtasida o'zaro muloqot shakillanishiga hissa qo'shadi.

Gyote-Instituti nemis tilidagi zamonaviy asarlarning – badiiy adabiyotdan tortib ilmiy-ommabop kitoblar, bolalar va o'smirlar adabiyotigacha – boshqa tillarga tarjima qilinishini qo'llab-quvvatlaydi. 1974-yilda dastur tashkil etilganidan buyon bizning moliyaviy ko'maigimiz bilan 45 ta tilda 7000 dan ortiq kitob nashr etildi.

                                       Moliyalashtirish shartlari

  • Biz nemis tilidagi asarlarni tarjima qiladigan butun dunyo bo'ylab joylashgan nashriyotlarni qo'llab-quvvatlaymiz.
  • Gyote-Instituti tarjima xarajatlarining ma'lum bir qismini qoplaydi. 
  • Ariza berish jarayoni Gyote-Institutining arizalar portali orqali onlayn tarzda ingliz yoki nemis tillarida amalga oshiriladi. 
  • Arizalar har yili uch marta, har safar bir oy davomida qabul qilinadi.

                                         



 

Bizni kuzatib boring