BUYUMLAR KUTUBXONASI

Bibliothek der Dinge © Goethe-Institut Usbekistan

 

Gyote institutining O'zbekistondagi filialida buyumlar kutubxonasi - sotib olish o'rniga almashish.

Qisqa muddat uchun sizga velosiped shlemi yoki parmadasta kerakmi? Roliklar yoki gamakdan foydalanib ko‘rishni xohlaysizmi? Tunni ochiq havoda o'tkazmoqchimisiz va oilangiz, do'stlaringiz yoki tanishlaringiz bilan o'zgacha tajribangizni baham ko'rmoqchimisiz? Bularning barchasi va boshqa ko'p narsalarni yangi buyumlar kutubxonasida topish mumkin.

Buyumlar kutubxonasi buyumlardan birgalikda foydalanishning innovatsion, amaliy, iqtisodiy va ekologik xavfsiz usulini taqdim etadi.

Ijaraga olish va baham ko‘rish - har bir kutubxonaga xos bo’lgan ushbu asosiy mezon buyumlar kutubxonasida yanada rivojlantiriladi, ya’ni kitobni ijaraga berish buyumlarni ijaraga berish bilan to'ldiriladi.

Bundan ko’zlangan maqsad kamroq pul sarflash va biz yiliga yoki hayotimiz davomida bir necha marta ishlatadigan buyumlarni sotib olmaslikdan iborat. Shu tariqa, buyumlar kutubxonasi ekologik toza turmush tarzini targ’ib etadi, bu esa o’z o‘rnida kamroq xarid qilish, joy va vaqtni tejashni anglatadi!

Keling va hayratlaning!
 

 

Oshxona uchun