Elektr maydalagich

Elektr maydalagich © Goethe-Institut Usbekistan

 

 

Elektr maydalagich yordamida bir necha soniya ichida butun qahva va donni mayin kukunga aylantirish mumkin. Kukun bir tekis chiqishi uchun bir necha soniyadan keyin vaqti-vaqti bilan maydalagichni o'chiring va ehtiyotkorlik bilan silkiting. Shunda kichik va katta donalar aralashib, butunlay maydalanadi.

Xavfsizlik uchun eslatma:
Qopqoqni mahkamlashdan oldin qirralari tozaligiga e'tibor bering. Pichoq va ichki qismlari avval quruq cho'tka bilan tozalanadi. Zarur hollarda, nam latta bilan artishingiz mumkin.