550+ arizalar va onlayn formatga o'tish

550+ arizalar va  onlayn formatga o'tish
© Goethe-Institut Usbekistan

Loyihaga nisbatan kutilmagan qiziqish
Biz loyihani muhokama qilganimizda, ro’yxatga olish jarayonida taxminan 200 nafar ishtirokchiga ega bo’lsak, zo’r bo’lardi, deb niyat qilgandik. Buning sinov loyihasi ekanligini hisobga olgan holda biz katta reklama kampaniyasi yuritishni reja qilmagandik. Loyiha haqida auditoriyaga ma’lumot berish bo’yicha asosan quyidagi manbalardan foydalandik: Gyote institutining ijtimoiy tarmoqlardagi kanallari, IT Park kanali hamda mahorat darslarini o’tkazishda men avval hamkorlik qilgan yurtimizning IT universitetlari kanallari.
Atigi bir necha hafta ichida ro’yxatdan o’tuvchilar soni 300 dan, keyin esa 400 dan oshganida biz qanchalar hayratlangandik. Oxirida esa biz 550+ ishtirokchini qayd etdik.

Onlayn tizimiga to’liq o’tish
Loyiha avval boshidan offlayn formatda rejalashtirilgan edi, lekin arizalarni qabul qilish jarayoni yarmiga yetganida, mamlakatda karantin e’lon qilindi. Ro’yxatdan o’tkazish jarayoni yakuniga kelib, 15 aprelda karantin qoidalari yana-da kuchaytirildi. Natijada loyihani butunlay onlayn formatga o’tkazishga qaror qilindi. Ma’lum bo’lishicha, buni amalga oshirish kutilganidan ham ancha mushkul ekan. Lekin bir oylik tayyorgarlik va ro’yxatdan o’tganlar orasidan rezidentlarni saralab olishdan keyin biz onlayn jarayonga o’tishga muvaffaq bo’ldik.