Inkubatorning onlayn ochilishi

Inkubatorning onlayn ochilishi
© Goethe-Institut Usbekistan

kubatorning ochilishi va inkubator rezidentlarining ilk onlayn uchrashuvi 30 may kuni soat 19:30 da boshlandi va rejadagi ikki soat o’rniga roppa-rosa 5 soat davom etdi.
Ochilish marosimining mehmoni biz uchun kutilmagan yana bir katta voqelik bo’ldi – Mail.Ru guruhining xalqaro o’yinlar bo’limi hisoblanadigan MY.GAMES portalining g’ayrioddiy o’yinlar yo’nalishi rahbari Andrey Dubinin. O’yinlar yaratish sohasida yuksak xalqaro mavqega ega bunday inson bizning loyihamiz bilan qiziqishi bizning xayolimizga ham kelmagandi. Andrey o’yinlar yaratish sanoati va Hyper Casual janrida mobil o’yinlar yaratadigan yoshlar uchun MY.GAMES taklif qiladigan imkoniyatlar haqida gapirib berdi.
  
Jamoa tuzish (Teambuilding)
Onlayn formatning asosiy muammolaridan biri bu ishtirokchilarni jamoalarga bo’lib chiqish bo’ldi. Ishtirokchilar o’rtasidagi shaxsiy uchrashuvlar va muloqotning o’rni juda ham bilindi. Shuning uchun biz haqiqiy uchrashuv hissini yaratish maqsadida eng yangi texnologiyalardan foydalanishimizga to’g’ri keldi. Jamoa tuzish tadbiri uchun biz Spatial Chat (keng ko’lamli video chat) dunyosida ancha yangi hisoblangan onlayn-mahsulotdan foydalandik.  Inkubatorning onlayn ochilishi

Jamoa tuzishning onlayn tadbirida rezidentlarning yarmidan ko’pi ishtirok etdi, bir-biri bilan va o’yin loyihalari bilan o’zaro tanishuvdan tashqari ular sovrinli o’yinda ham ishtirok etishdi. ​