GameDev Gyote 2021 o'yinlar inkubatorining Open-Air ko'rgazmasi

GameDev Gyote 2021 o'yinlar inkubatorining Open-Air ko'rgazmasi
© Goethe-Institut Usbekistan

25-iyun kuni soat 19:30 da Toshkentdagi Gyote-Institutda GameDev Goethe o'yinlar yaratish inkubatori ikkinchi mavsumining yopilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda ushbu loyiha doirasida jamoalar tomonidan 3 oy davomida yaratilgan o'yinlar "Open-Air" ko'rgazmasi tashkil etildi. Ko'rgazmada turli xil janrlardagi 15 dan ortiq mobil va kompyuter o'yinlari, shu jumladan bir nechta o'quv o'yinlari namoyish etildi.

GameDev Gyote - bu O'zbekistondagi o'yinlar yaratish bo'yicha birinchi inkubator. Loyihaning maqsadi - o'yinlarga qiziquvchi yoshlarga hamfikrdoshlarni topish va o'z o'yinlarini yaratishda yordam berishdir. Bunda ularga o'yinlar yaratish sohasida ko'p yillik tajribaga ega tajribali mutaxassislar yordam berishadi. Loyiha IT Park ko'magida O'zbekistondagi Gyote-instituti tomonidan yaratilgan.

2020-yilda bo'lib o'tgan inkubatorning ilk bosqichida, qatnashuvchilarda bo'lgan qiziqish barcha kutgandan yuqori bo'ldi - tashkilotchilar ishtirok etish uchun 550 dan ortiq arizalarni qabul qilishdi. Inkubatorning bu yilgi bosqichi uchun esa 700 dan ortiq arizalar topshirildi.

Ko‘rgazmada turli yo´nalishdagi 15 dan ortiq mobil va kompyuter o‘yinlari, jumladan, bir nechta o‘quv o‘yinlari namoyish etildi.

© Goethe-Institut Usbekistan
300 dan ortiq tashrif buyuruvchilar, jumladan, 100 ga yaqin malakali mutaxassislar GameDev Gyote inkubatorining ikkinchi mavsumi finaliga chiqqan 20 nafar rezidentning yangi mahsulotlari va ishlanmalari bilan tanishdilar.

Oʻyin namoyishi davomida tashrif buyuruvchilar va mobil va kompyuter oʻyinlari muxlislari 15 ta oʻyinlarni oʻynash va eng yaxshi 3 ta oʻyinga ovoz berish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Shuningdek, o´yin yaratuvchilari bilan yaqinroq tanishish va ular bilan muloqot qilish, o‘yin mahsulotini yaratishning murakkabliklari va imkoniyatlari bilan tanishish imkoniyati ham mavjud edi.

Loyihaning bosh sovrini – RTX 2060 o‘rnatilgan Acer Predator o‘yin noutbuki “Corrupt Official” o‘yiniga topshirildi.

Biz ikkinchi mavsumning barcha g'oliblarini tabriklashdan juda xursandmiz!