VR-Teatr

VR-Teatr ©Goethe-Institut Usbekistan

"Viruslar jangi" - interaktiv VR-spektakli

Raqam yoki analog – hali bir necha (kamida 9) oy oldin noaniq, sun'iy, noto’g’ridek tuyulgan qiyoslash... O’sha onda bu ikki - jismoniy va virtual maydonlarning birgalikda mavjudligi yo’lini topish, yoki kamida, birini tanlab ikkinchisini e’tibordan qoldirish qiziqroq edi.
Hozirda esa, analogni aloxida tasavvur qilish qiyin.
U, albatta bor, aniqrog’i jonsiz emas, tirik, lekin u juda qiyinchilik bilan nafas olyapti ... har doim ham o’zi emas… pnevmoniya ...
 
Teatr - bu mutlaq analoglik qiymat, fiziologiyaga o‘zgaruvchan fizika kabi, bizga shunday tuyulgan, aksariyat shu fikrda. Yoki nafas olishni butunlay to'xtatish kerak, foydasi bo’lsa albatta, yoki o’z dunyo (sur’ati) modelini o’zgartirish, qayta shakllantirish, yangilash kerak. Yashashni xohlaymiz axir!
 
Yangi idrokka bo’lgan ehtiyojni anglash dahshatidan uyg‘onib va atrofga nazar tashlab, sahna "Buyuklari" matnini topdik va u matn bizga atrofimizdagi vaziyatning istisno va yangi  emasligini oshkor etdi.
Heiner Myuller quyidagi voqeani 1992 yilda yozgan edi: Xitoy virusi ... epidemiya ... noaniqlik... Ammo, Anatoliy Vasilev yaqinda eslab murojaat qildi va tarjima qilishga yordam berdi. Albatta, o‘sha payt hammasi unchalik dolzarb bo'lmagan, ammo asosiy ma'lumotlar o’sha o‘sha.
 
Agar Siz yolg'iz bo'lmasangiz, o’zingizni yaxshi his eta boshlaysiz, haqiqiy kashshof bo’lmasangiz albatta, undaylar juda kam.
 
"Bu" o'tib ketar va yana qaytib kelar. O'zgarmas doimiylik – fikrimizda go’yoki miya erib oqayotgandek tuyuladi. Agar ma’lumotga ega bo‘lib, eslab, diqqatli bo‘lishga intilsak, voqealarning doimiyligi fundamental bo’lishi mumkin.
Natijada, biz,  texnologiyalarga asoslangan va jonli  sahnada foydalanadigan harakatlar ketma-ketligini ixtiro qilish va amalda qo'llash orqali virtual psevdo-o'yin maydonida yashashga harakat qilishga intilamiz.
 
Natalya Isaeva tomonidan tarjima qilingan va Anatoliy Vasilev qayta ishlagan Xayner Myullerning "Viruslar jangi" asari va nafaqat u,
VR-dekoratsiyasi va Rec Roomdagi personajlar ko‘rinishida, YOKIteatr va Mark Vaylning „Ilhom“ teatri aktyorlari tomonidan onlayn ovoz berib animatsion tarzda ijro etilgan – bu loyihamizni Sizga tez orada taqdim etamiz.