Ijaraga berish shartlari
Qoidalar va huquqlar
Filmlar faqat notijoriy namoyishlar uchun ijaraga beriladi. DVD larni nusxalash va ko‘paytirish ta‘qiqlanadi. Filmlar o‘zining to‘liq holatida ko‘rsatilishi kerak va o‘zgartirilmasligi lozim. Namoyish huquqlari uchinchi shaxslarga berilmaydi. Reklama tadbirlari faqat tahririy matbuot e'lonlari shaklida ruxsat etiladi. Jismoniy shaxslarga ijaraga berish mumkin emas.Transport
DVD larni ijaraga olish - bepul. Faqatgina yetkazib berish xarajatlarini ijaraga olayotgan tashkilot o‘z bo‘yniga olishi kerak.Muddatlar
Iltimos, filmlarni imkon qadar ertaroq buyurtma qiling. Jo‘natish hujjatida ko‘rsatilgan qaytarish sanalariga qat’iy rioya qilinishi shart.Namoyish hisobotlari
Hisobot varag‘idagi namoyishlar va tomoshabinlar soni haqida ma’lumot berish majburiydir. 16mm film nusxalari juda sezgir hisoblanadi. Ularni imkon qadar yaxshi saqlash uchun mukammal taqdimot materiallari va maxsus o‘qitilgan xodimlar tomonidan to‘g‘ri ishlov berish zarur.Shikastlanishlar
Har qanday shikastlanishlar xaqida darhol va mavjud bo’lgan kamchiliklar aniq tavsifi bilan bildirilishi kerak. Film plyonkalari uzilgan taqdirda, ularni faqat professional yopishqoq lenta (skotch) bilan ulash mumkin bo’ladi.Goethe-Instituti takroriy shikastlanish holatida ijarachini kelgusidagi filmlarni ijaraga olishdan chetlashtirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Umumiy ma’lumotlar
Goethe-Instituti ijaraga olish shartlariga rioya qilmaslik yoki takroriy shikastlanish holatida ijarachini kelgusidagi filmlarni ijaraga olishdan chetlashtirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.Eslatmalar
Litsenziya huquqlari qoidalariga binoan, Goethe-Instituti teng huquqli hamkor sifatida ko‘rsatilishi lozim.Goethe-Instituti o‘z nusxalari bilan amalga oshiriladigan film dasturlari bo‘yicha barcha reklama vositalarida tilga olinishi kerak. Goethe-Instituti logotipi so‘ralgan taqdirda yuboriladi.
Buyurtma berish
Agar Siz birinchi marta buyurtma qilsangiz, iltimos, bizning onlayn ro‘yxatdan o‘tish xizmatimizdan foydalaning.Ro‘yxatdan o‘tgan ijarachilar kerakli filmlarni onlayn shakl orqali buyurtma qilishlari mumkin.