Berlinale-Bloggerlari 2022
Cheksiz xursandchilikdan yiroq festival

“Rabiye Kurnaz vs. George W. Bush“ Andreas Dresen filmi
Photo (detail): © Andreas Hoefer / Pandora Film

Filmlar dasturi e’lon qilindi, Berlinale festivali boshlanish arafasida. Biroq dunyodagi eng muhim kinofestivallardan biri bo’lgan ushbu tadbirning infektsiyalar soni ortib borayotgan va favqulodda vaziyatga qaramasdan an’aviy tarzda o'tkazilayotgani hatto ashaddiy kino muxlislarini ham ma'lum darajada xavotirga solmoqda.
 

Berlinale ketma-ket ikkinchi marta pandemiya avjiga chiqqan paytda bo'lib o'tmoqda - va yana Mariette Rissenbek va Karlo Shatrianni inqiroz bilan kurashishga majbur qilmoqda. 2021-yildagi kabi ikki bosqichli jarayon, ya’ni fevral oyida soha vakillarining raqamli uchrashuvi hamda jamoatchilik uchun yozgi Berlinale - 72-chi Berlinale tashkilotchilari uchun to’g’ri kelmas edi. Buni tushinsa bo‘ladi, chunki o'tgan yili festival muhiti deyarli bo'lmagan. Taxminan 58 000 ta chipta sotildi (194 ta film uchun) va daromad pandemiyadan oldingi yillarga qaraganda ancha kam bo’ldi.
Pandemiyadan oldingi yillarda 300 000 dan ortiq kino chiptalari sotilgani sabab Berlinale dunyodagi eng yirik ommaviy festival sifatida obro' qozongandi.

GIGIYENA QOIDALARIGA QAT’IY AMAL QILGAN HOLDA – AN’ANAVIY FESTIVAL

Ayni damda, Berlinale "qisqartirilgan“ dastur bilan an’anaviy shaklda o'tkazilmoqda. Festivalning “Yevropa kino bozori” kabi qismlari internet tarmog‘ida o‘tkaziladi. Ammo Rissenbekning so'zlariga ko'ra, faqatgina an’anaviy festival "Berlinalening yadrosini" saqlab qolishi mumkin. Qat'iy xavfsizlik choralari va o'rindiqlar sonini ikki baravar qisqartirish  tomoshabinlarning namoyishlar paytida kasallik yuqtirishlarining oldini olishga qaratilgan. Tomoshabinlar oqimini kamaytirish va shu orqali  - niqoblar, testlar, ikki karra va undan ko’p marta emlashlarga qaramay, mavjud infektsiya xavfini kamaytirishga xizmat qilishi mumkin bo'lgan parallel gibrid kontseptsiya haqida, afsuski, hech qanday gap yo'q. Bu pandemiya davrida Berlinga sayohat qila olmaydigan yoki borishni istamaydiganlar uchun ham noqulaylik tug’diradi.

 Fransua Ozonning „Peter von Kant“ filmi © Foto (Detail): © C. Bethuel / FOZ  Fransua Ozonning „Peter von Kant“ filmi Foto (Detail): © C. Bethuel / FOZ

Xullasi kalom: 10 fevral kuni Fransua Ozonning “Peter von Kant” nomli Fassbinder filmining rimeyki Denis Menochet, Izabel Adjani va Xanna Shigulla ishtirokida “ixchamlashtirilgan” festival va tanlovni ochib beradi. Poytaxtni charog’on etajak faxriy mehmonlar safida “Oltin ayiq” mukofoti sovrindori Isabelle Huppert ham bor. Biroq, qizil gilam ustida yulduzlar shov-shuvini kutish uchun hech qanday sabab yo'q, ayniqsa bayram ziyofatlari va oqshomlari bekor qilingani uchun. Hakamlar hay'ati prezidenti, dahshat filmlari bo'yicha mutaxassis janob Nayt Shyamalan boshchiligidagi taqdirlash marosimi 20 fevraldan 16 fevralga ko’chirildi. Shundan so‘ng filmlar yana to‘rt kun ichida ommaga taqdim etiladi.

KO'P FILMLAR "OILA" VA "MUHABBAT" MAVZUSIDA 

72-Berlinalega 6755 ta asar taqdim etilgan bo‘lib, ulardan jami 256 ta qisqa metrajli va badiiy filmlar namoyish etiladi. Bu festival oddiy sharoitda oʻtishi mumkin boʻlgan 2020 yilga nisbatan besh baravar kam. Bu gal 17 mamlakatdan 18 ta film asosiy “Raqobat” bo‘limida “Kumush” va “Oltin ayiqlar” uchun kurash olib boradi, aksariyat filmlar Yevropa mamlakatlaridan. "Oila" va "sevgi" asosiy mavzulardan bo'lib, faqat ikkita film pandemiya mavzusiga bag’ishlangan, deydi Shatrian dastur taqdimotida. Rejissyorlardan o'n bir nafari o'z ishlarini Berlinaleda namoyish etishgan, ulardan sakkiz nafari tanlovda ishtirok etishgan bo‘lsa, besh nafari sobiq „Ayiq“ mukofoti sovrindorlaridir.

TANLOVDA ISHTIROK ETAYOTGAN NEMIS VA HAMKORLIKDA ISHLANGAN FILMLAR

Mahalliy kinoning shoiri Andreas Drezen ham bir necha bor Berlinale tanlovida qatnashgan. Hozirgi filmida u birinchi marta aniq siyosiy mavzuni ko’targan. “Rabiye Kurnaz Jorj Bushga” qarshi nomli filmida u turk millatiga mansub bremenlik uy bekasi o'g'lini Guantanamo lageridan ozod qilish uchun Vashingtondagi Oliy sudgacha borgani haqida hikoya qiladi.
„A E I O U – Sevgining tezkor alifbosi“ Nikolette Krebitzning filmi © Foto (Detail): © Reinhold Vorschneider / Komplizen Film A E I O U – Sevgining tezkor alifbosi Foto (Detail): © Reinhold Vorschneider / Komplizen Film

Bosh rollarda Sofi Rois va Udo Kierlar o’ynagan “AEIOU - Sevgining tezkor alifbosi” nomli film to'rtinchi rejissyorlik ishi va ayiq poygasidagi ikkinchi nemis raqobatchisi. Aktrisa, rejissyor va musiqachi birinchi marta Berlinale tanlovida ishtirok etmoqda. Yaqinda u yosh ayol va bo'ri o'rtasidagi dahshatli go'zal sevgi hikoyasi "Wild" uchun bir nechta mukofotlarga sazovor bo'ldi.

Tanlovda ishtirok etayotgan kuchli rejissyorlarning yana uchta filmi hamkorlikda olingan: avstriyalik Ulrix Zaydel "Paradies: Hoffnung" (2013) filmidan keyin birinchi marta “Rimini” filmi bilan tanlovda ishtirok etmoqda. Shveytsariyadan Maykl Koch suratga olgan “Drii Winter” va 2012-yilda “Winterdieb” filmi bilan kutilmagan muvaffaqiyat qozongan Ursula Meyerning uzoq kutilgan yangi filmi “La Ligne” qatnashadi.

AYOLLAR 40 FOIZNI TASHKIL QILADI

Ursula Meyer va Nikolette Krebits tanlovdagi yetti nafar ayol rejissyordan ikkitasi. Frantsuz rejissyori Kler Denis bosh rollarda Juliette Binoche, Vinsent Lindon va Bulle Ogier ishtirokidagi sevgi uchburchagi haqidagi “Avec amour et acharnement” filmi bilan mumtoz hikoya kinosidan tashqariga chiqadi. AQShning yagona filmi - taniqli ssenariy muallifi Fillis Nagysning “Call Jane” nomli rejissyorlik debyuti. Elizabeth Banks, Sigourney Weaver va Keyt Mara ishtirok etgan abort dramasining premyerasi yanvar oyida Yuta shtatidagi Sundance festivalida bo'lib o'tgandi.
„Robe of Gems“ Natalia Lopez Gallardo filmi © Фото (фрагмент): © Visit Films „Robe of Gems“ Natalia Lopez Gallardo filmi Фото (фрагмент): © Visit Films

Kataloniyalik rejissyor Karla Simon, indoneziyalik rejissyor Kamila Andini va Natalya Lopes Gallardo Meksikadagi mahalliy narkotik savdosiga bag’ishlangan "Robe of Gems" filmi bilan ayol rejissyorlar safini to'ldirishadi. Bu yil ayollar ulushi qariyb 40 foizni tashkil etadi - bu kino sanoatida jinslar o'rtasida ko'p talab qilinadigan teng imkoniyatlar sari yakuniy qadam emas, dedi Karlo Shatrian.

G'ayrioddiy dastxatlar

Osiyo nomidan xitoylik rejissyor Li Ruyjun “Return to Dust” va Janubiy Koreyalik festivalining sevimli ishtikorchisi va Berlinale tanlovining doimiy mehmoni Xong Sangsu “The Novelist's Film” nomli filmlari bilan qatnashishadi. Riti Panning “Everything Will Be Ok” nomli xujjatli filmi ham tanlovda ishtirok etadi. Kanadalik Denis Kote (Un été comme ça) va akasi Vittorioning vafotidan so’ng birinchi marta mustaqil rejissyorlik qilgan Paolo Tavianining “Leonore Addioni” filmlaridan tashqari g’aroyib rejissyorlik ishlari ham mavjud: Berlinale Maxsus Galasida siz Isabelle Huppert va Lars Eidingerning Loran Lariverning “À propos de Joan” filmida birga chiqishlarini intiqlik bilan kutishingiz mumkin. “Uchrashuvlar” turkumidagi 15 ta jahon premyeralarining diapazoni ham keng, jumladan, noan’anaviy kinorejissyor Bertrand Bonello (Koma) yoki janr bo‘yicha mutaxassis Piter Striklend (Flux Gourmet) badiiy filmi shular jumlasidan.
Piter Striklendning «Flux Gourmet» filmi © Foto (parcha): © Flux Gourmet, Bankside Films, IFC Productions I Piter Striklendning «Flux Gourmet» filmi Foto (parcha): © Flux Gourmet, Bankside Films, IFC Productions I

2022 yil kinematografik xilmaxillikni va'da qilmoqda. Sof kinomuxlislik nuqtai nazaridan, filmlarni katta ekranda tomosha qilish uchun yaxshi sabablar bor. Tobora oshib borayotgan kasallik soni esa bizga butunlay boshqa xulosa chiqarishga majburlamoqda. Karlo Shatrian an’anaviy festiva o'tkazish to'g'risidagi qarorini "yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan makonning (kinoteatrlarni nazarda tutib) himoyasi" deya talqin qiladi. Berlinale muxlislari buni xuddi shunday qabul qilishadimi - va infektsiya xavfi mavjud bo'lishiga qaramay, ular festival kinoteatrlariga kelishadimi? Bunisi hali noma’lum. Ushbu mavhumlikka boy festivalda so'nggi so'zni odamlar, ya’ni, tomoshabinlar aytishadi.