“Biz Germaniya va O'zbekiston o'rtasidagi madaniy almashinuvni rag‘batlantiramiz. Biz san'at asarlarini birgalikda yaratish, his qilish va baholashga hissa qo'shadigan kino namoyishlari, ko'rgazmalar, konsertlar, seminarlar va festivallarni o'tkazamiz“.
O‘zbekiston Gyote-Instituti ayni kunlarda Markaziy Osiyo mualliflarining portretlarini namoyish etmoqda. Ularni Dirk Skiba “Simurg‘” she’riyat loyihasi doirasida suratga oldi. Sizni ko'rgazmaga taklif qilamiz.
Toshkentdagi Gyote-Instituti Avstriyaning va Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonalari ko’magida, hamda „Shlingel“ xalqaro kinofestivali (Xemnits, Germaniya) va O‘zbekistondagi Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda Toshkent va Nukus shaharlarida “SHUM BOLA 2023” bolalar va o‘smirlar kinofestivalining 10-yilligini o‘tkazadilar.
“Semurg' ” Toshkent xalqaro she’riyat festivali 2022-yil 2-4-sentabr kunlari nemis zamonaviy she’riyati hamda Markaziy Osiyo yosh she’riyatining go'zal namunalarini taqdim etadi.
Gyote-Instituti, Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda „Shlingel“ xalqaro kinofestivali (Xemnits, Germaniya) bilan hamkorlikda Toshkent shahrida “Shum bola 2022” IX Bolalar va o’smirlar kinofestivalini o‘tkazmoqda.
O'zbekistondagi Gyote instituti, "O'zbekkino" Milliy agentligi hamda "Shlingel" Xalqaro film festivali (Kemnitz, Germaniya) hamkorlikda "Shum bola 2021" VIII. bolalar va o'smirlar kinofestivalini taqdim etadi.
New Olds ko'rgazmasi an'analar va innovatsiyalar o'rtasidagi ziddiyatga qaratilgan. Jami 60 ta ob'ekt qayta ishlash va tayyorlanishni, yangi materiallarni an'anaviy qayta ishlashni va dizayn klassikalarini o'zgartirishni namoyish etadi.
Toshkentdagi Gyote instituti “O‘rta Osiyo bo‘ylab Grand Tur” sarlavhali adabiy loyiha doirasida badiiy tarjima bo‘yicha onlayn-seminar uchun konkurs e’lon qiladi.
Seminar badiiy tarjimon va adabiyotshunos Hafiza Qo‘chqorova hamda shoira Tillaniso boshchiligida bo‘lib o‘tadi.
Rok, hip-hop, elektro: har oy Kiel va Vaylhaym musiqa studiyalari va klublari e'tiboringizga taqdim etiladi. Bavariya radiosining Zündfunk deb nomlangan radiojurnali bilan hamkorlikda Sizni hitparadlardan tashqarida sodir bo'layotgan yangiliklar bilan tanishtirib boramiz. Germaniyada yaratilgan sifatli pop musiqani shu yerda tinglang...
Europoly loyihasi Evropalilar hayotidagi, teatrdagi, filmlardagi Web saytlardagi o'zgarishlarni organib chiqib ular madaniyatga, shaxar va kishilarning har kungi hayotga qanday ta'sir qilganini o'rganadi.