Verner Hertsog filmlarining retrospektiv namoyishi

Verner Hersog filmlarining retrospektiv namoyishi
Verner Hersog filmlarining retrospektiv namoyishi | © Goethe-Institut Usbekistan

22 -sentabrdan buyon Toshkentdagi Gyote institutida nemis kinorejissyori Verner Xertsog filmlarining retrospektiv namoyishi bo'lib o'tmoqda.

Verner Xertsog bir nechta badiiy va hujjatli filmlarni suratga olgan, shuningdek prodyuser, aktyor va dublyaj aktyori sifatida faol ijod qilgan, o'zining ajoyib asarlari uchun ko'plab kino mukofotlarini qo'lga kiritgan va yangi nemis kinosi va xalqaro film sanoatining eng muhim vakillaridan biri hisoblanadi.

Har chorshanba kuni soat 18.30 da Gyote institutida Verner Xertsog filmlaridan biri namoyish etiladi. Oqshom mehmonlari sifatida o'zbek kino san'ati sohasida faol bo'lgan yosh mutaxassislar taklif etiladi. Shu tariqa filmlar haqida qiziqarli suhbatlar uyushtiriladi.

Filmlar seriyasi 24 -noyabrgacha davom etadi va Verner Hertsogning jami o'n bir filmi namoyish etiladi. Dasturdan uning birinchi asarlari ham, qolaversa, xalqaro miqyosda tanilgan filmlari ham o'rin olgan.