"Simurg" Xalqaro she'riyat festivali

"Simurg" Xalqaro she'riyat festivali © Goethe-Institut Usbekistan

 

“Semurg'” Toshkent xalqaro she’riyat festivali 2022-yil 2-4-sentabr kunlari nemis zamonaviy she’riyati hamda Markaziy Osiyo yosh she’riyatining go'zal namunalarini taqdim etadi. Germaniya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistondan kelgan shoir va tarjimonlari 3 kunlik mutolaa, badiiy tarjima mahorat darslari va sheʼriyat haqidagi munozaralar uchun Toshkentda mehmon bo'ladilar. Bundan tashqari, Dalahast guruhi chiqishlarida musiqa bilan she'riyat uchrashadi.

 
O‘rta Osiyo bo'ylab Grand Tour © Goethe-Institut

O‘rta Osiyo bo'ylab Grand Tour

Toshkentdagi Gyote instituti “O‘rta Osiyo bo‘ylab Grand Tur” sarlavhali adabiy loyiha doirasida badiiy tarjima bo‘yicha onlayn-seminar uchun konkurs e’lon qiladi.
Seminar badiiy tarjimon va adabiyotshunos Hafiza Qo‘chqorova hamda shoira Tillaniso boshchiligida bo‘lib o‘tadi.