Aziz kitobxon,
Kuzning boshlanishi juda voqealarga boy bo'ldi va biz siz uchun noyabr oyida navbatdagi qiziqarli tadbirlarni tayyorladik.
Taqvimingizda 6-noyabrni belgilashni unutmang, chunki shu kuni siz Gyote kutubxonasida mashhur nemis oshpazi Gerbert Frauenberger bilan uchrashasiz, u o'zining "Gyote pazandalik kitobi" asari va boshqa ko'p narsalar haqida gapirib beradi.
Noyabr oyida biz "VRify: haqiqat yoki uydirma" mahorat darsining ikkinchi qismini o‘tkazamiz, bu esa o'smirlarga o‘ziga xos virtual reallikda o‘z media ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Bu safargi tadbirimiz faqat qizlarga mo'ljallangan.
2024-yilning 5-8-noyabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyoning barcha besh davlatidan 50 dan ortiq maktab direktorlari va o‘rinbosarlari o‘z maktablarida nemis tilini o‘qitish imkoniyatlari va muammolarini muhokama qilish uchun to‘rt kunlik anjuman doirasida uchrashadilar.
Siz ham keling, sizni ko'rishni orziqib kutamiz!
Eng yaxshi ezgu tilaklar bilan,
Maren Nimeyer
O‘zbekistondagi Gyote-Instituti rahbari
|