CLIL im Unterricht? -Los! So machen MINT-Fächer Spaß!

CLIL_MINT 12.2021 © © Goethe-Institut Taschkent CLIL_MINT 12.2021 © Goethe-Institut Taschkent

 

“Lingvistik va texnik ta’lim yonma-yon” shiori ostida Toshkent Gyote Instituti “Spannende (Soft)CLILiG und MINT-Angebote aus der Praxis für die Praxis!” mavzusida O‘zbekistondagi maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarining 10 nafar nemis tili o‘qituvchilari hamda 10 nafar fan o‘qituvchilari uchun 20.06.2021 dan 26.06.2021gacha gibrid shaklda bir haftalik malaka oshirish seminari tashkil etildi.

Nemis tilidan tashqari, matematika, informatika, biologiya, fizika, geografiya kabi fanlar ham taqdim etildi.
Seminarning asosiy jihati o'rgangan bilimlar asosida o'z CLILiG darslarni ishlab chiqish va rejalashtirish edi.

Qolaversa, mazkur seminarning o‘ziga xosligi shundaki, fan o‘qituvchilari nemis tili o‘qituvchilari bilan tandemda shu qadar qizg‘in ish olib borishdiki, tandem guruhlari tashkil etildi. Sentyabr oyida fan va nemis tili o'qituvchilari o'zlarining birinchi CLILiG darslarini o'tkazdilar va seminarning birinchi natijalarini uzluksiz ta'lim uchun yaratilgan o'quv platformasiga yuklashdi.

O‘zbekistondagi Gyote Instituti barqarorlikka katta e’tibor qaratganligi sababli, ushbu loyiha uzoq muddatda qo‘llab-quvvatlanadi va moliyalashtiriladi.

Agar ushbu loyiha sizda katta qiziqish uyg'otgan bo'lsa va  siz darslaringizda yangi g'oya va uslublarni boshqa o'qituvchilar bilan birgalikda ishlagan holda qo’llash va ishlashni xohlasangiz, unda bu onlayn seminar aynan siz uchundir!

Sana: 09.-10. Dezember 2021, 09:00-16:30 Uhr

Ishtirokchilar: maktab, litsey, kollej va universitetdan bitta fan o‘qituvchisi va bitta nemis tili o’qituvchisi, ya’ni CLIL bilan ishlashni xohlovchi yoki ishlayotgan o‘qituvchilar tandemi.

Nemis tili o'qituvchilari uchun til bilish darajasi: B1 dan kam bo’lmagan til bilish darajasi

Fan o'qituvchisi uchun til bilish darajasi: Nemis tilini bilish afzal, lekin shart emas

Yakuniy bosqich: Gyote-Institutidan ishtirok tasdiqnomasi

Ariza berish: Seminarga ariza berish uchun iltimos, ariza shaklini o’z kompyuteringizga yuklab olib to’ldiring va bizga 2021 yil 25-noyabrgacha to'liq to'ldirilgan arizangizni  Shaxnoza.Astanova@goethe.de ga yuboring. Arizani printerdan chiqarib skan qilish talab etilmaydi. Tasdiq yoki rad javobi Siz arizangizda ko'rsatgan elektron pochta manziliga 2021 yil 5 dekabrgacha yuboriladi.